“falsafa” fanidan



Download 493,5 Kb.
bet23/53
Sana17.07.2022
Hajmi493,5 Kb.
#815847
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
Falsafa yakuniy namuna savollari222

Badiiy bilim borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Badiiy ijodni ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab etish ob’ekti – butun dunyoga uzviy bog‘lagan holda san’at tilida moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. Shaklan badiiy faoliyat ob’ektga qarab mo‘ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o‘zligining ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining majmui hisoblanadi.
Diniy bilim insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi o‘z tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‘maklashadi. U inson hayotini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har bir dindor odam, balki dinga sig‘inmaydiganlar uchun ham qadrlidir.
Falsafiy bilim. Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda– insonning dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal o‘zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog‘lab o‘rganadi.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.

Download 493,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish