Xulosalar. Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion shakllari to‘g‘risida so‘z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‘p jihatdan bahslidir. Ammo shu narsa shubhasizki, ob'ektiv borliqni yanada chuqurroq o‘rganish nafaqat mavjud tasniflarning mufassallashuvi va takomillashuviga, balki materiya harakatining yangi shakllari to‘g‘risidagi g‘oyalar va nazariyalar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam universal rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |