Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi



Download 1,79 Mb.
bet110/489
Sana16.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#376882
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   489
Bog'liq
falsafa

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi. Tirik tabiat borlig‘i hayot bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo‘lish – yashash, bo‘lmaslik – hayotdan mahrum bo‘lish, o‘lish, ya'ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo‘lmaslik demakdir. yerda hayotning paydo bo‘lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo‘lgan va odamzot uchun ulkan jumboqlardan biri bo‘lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga yetish uchun barcha zamonlarda o‘z aqli va tasavvuri kuchidan to‘la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o‘z rivojlanishida ancha olg‘a siljigan bugungi kunda ham bu muammo o‘zining to‘la yechimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo‘l bilan paydo bo‘lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o‘z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog‘lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda.

Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo‘lgan. Tegishli e'tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to‘liq ma'lumot berilgan).

Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o‘rta asr sxolastikasida va Leybnits (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o‘z-o‘zida maqsadga ega bo‘lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta'limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. Hayot paydo bo‘lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» yerga kosmosdan kelgani, go‘yoki yerda tajriba o‘tkazayotgan o‘zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko‘p har xil g‘oyalar ilgari surilgan.

Shu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bormi, degan savol mutlaqo o‘rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi fikrning o‘ziyoq yerdan boshqa joyda ham hayot mavjudligini taxmin qilish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va hozirgi inson o‘rganishi uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan Quyosh tizimsi xususida ham hayotning biron-bir shakllari mavjudligi yoki mavjud emasligini qayd etish uchun yetarli axborot hozircha yo‘q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo‘li bilan hal qilinishi mumkin emas va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy-texnika imkoniyatlarining o‘sish sur'atlariga qaraganda, Quyosh tizimsida yerdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi yaqin kelajakda o‘z yechimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. Shuningdek, hayot u yerda va faqat shunday usulda mavjud bo‘lishi mumkin, deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas.




Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish