Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |