Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Bunda «qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga kirishadi.
Element narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma'lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi.
Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizim elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |