Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da104[104] munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta'riflangan. Bu ta'rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya'ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta'sirida kooperativ effekt, ya'ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning xossalari bir-biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi.
Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |