Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Ong va jonning tenglashtirilishi



Download 1,79 Mb.
bet173/489
Sana16.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#376882
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   489
Bog'liq
falsafa

Ong va jonning tenglashtirilishi. Atrof muhitda, o‘z ichki dunyosida yuz berayotgan o‘zgarishlarga odamlar qadim zamonlardayoq e'tibor berganlar. Bu jon va ruh haqidagi mulohazalar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Shu tariqa bashariyat tarixida animizm - odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar ta'sir ko‘rsatishiga bo‘lgan e'tiqod paydo bo‘ldi, shu asnoda shakllangan dunyo haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi.

Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi asoslar (havo, olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bog‘langan va shaxssiz bo‘lgan, ya'ni inson tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan tenglashtirilmagan. Suqrotdan oldingi falsafa to‘laligicha shunday xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda ideallik tushunchasini deyarli uchratmaymiz. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni – tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Olov ko‘proq bo‘lgan «quruq» jonni - eng oqil va maqbul deb hisoblaydi. Jon namlangach, o‘z kuchini yo‘qotadi, ho‘llangach esa – halok bo‘ladi. Shu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma'naviy va aqliy hayot kechirishga harakat qilish lozim. O‘z navbatida ayrim kishilarning jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan va uni boshqaradigan dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bog‘liq.

Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. Shuningdek, Platon yevropa falsafiy an'anasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki undan moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. Ayrim inson ongi esa, Platon fikriga ko‘ra, uning joni bilan bevosita bog‘lanadi. Bu o‘lmas jon u yoki bu tanaga, tana tug‘ilgunga qadar o‘z «zindoni»ga tushgandek kirib joylashadi va u o‘lganidan keyin esa boqiy g‘oyalar dunyosida mushohada yuritadi va shu tariqa ularni o‘rganib yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuyg‘ular dunyosi (sezish va idrok etish) va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi. Bunda sof g‘oyalar bilan ish ko‘ruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan bog‘liq (masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni tushunishga nisbatan ko‘p sonli har xil yondashuvlar paydo bo‘ldi, ammo ularning barchasi ideallikni moddiylik va ko‘lamlilikka qarshi qo‘yadi.

Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining ong haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash mumkin. Bu yerda jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili sanalsa-da, lekin aql ichki faolligining in'ikosiga emas, balki kosmos hayotining umumiy qonunlariga bo‘ysunadi.

O‘rta asrlar yevropa falsafasi «din cho‘risi»ga aylanib, ong haqidagi masalaga butunlay o‘zgacha nuqtai nazar bilan yondashdi – uni abadiy mavjud bo‘lgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yo‘qlikdan yaratgan Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bog‘ladi. Bu ta'limotga binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan darajada o‘zini o‘zi bilish, o‘zini o‘zi tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, ongning bu faoliyati Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. Ongning mazkur ob'ektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda o‘rta asrlarda ongni «fikrlovchi materiya»dan keltirib chiqargan materialistik an'anada ham uzilish yuz bergani yo‘q. Bunday qarashlarga Sharq falsafasi (Ibn Sino, Ibn Rushd) o‘z ta'sirini ko‘rsatgan yevropalik ayrim faylasuflar Duns Skot, brabanlik Sigerning asarlarida duch kelish mumkin.


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish