6-MAVZU HARAKAT VA RIVOJLANISh
O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir.
Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydo bo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma'lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmetiga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta'limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob'ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |