«Фалсафа» фанидан тайёрланган ўқув–услубий мажмуа



Download 28,98 Mb.
bet58/73
Sana25.01.2022
Hajmi28,98 Mb.
#408824
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
2 5345803982101024543

- asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj;

- yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo’lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag’ishlaydi;

- chinakam global xarakterga ega ekanligi.

Ahamiyat berilsa, yuqorida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarning barchasi yoshlarning manfaatiga, tuyg’ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi birgina internetda jamlaganligiga e’tibor beradigan bo’lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi o’zgarishga bo’ladigan ta’sir san’at va adabiyotdanda ko’lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham bo’ladi.

Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldigan qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla;

- o’ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko’rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi bilan;



- turmush nafosati va muomala estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg’ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan;

- mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo’l qo’ymasligi hamda qo’shnichilik madaniyatini kamol toptirishi bilan;

- san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo’ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan;

- isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo’l qo’ymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o’tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo’lib hisoblanadi.

Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.

Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o’n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo’ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo’yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o’rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo’lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta’sir ko’rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g’oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo’lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo’nalishini, yog’inlar miqdorini o’zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg’oq hududlarida yashovchilarga havf–hatar tug’dirib dengizlardagi suvning sathi ko’tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko’payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo’shimcha ta’sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo’ladigan munosabati estetik jihatdan to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi hamda uning estetik «no’noqligi» bois ular o’rtasida katta bo’shliq yuzaga keldi; bu bo’shliq insoniyat boshiga misli ko’rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ko’plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta’minlashga, o’simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo’q bo’lib ketish havfining oldini oladi.




Download 28,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish