turlarning oʻzgarmasligi, organizmlarning muayyan maqsadda xilmaxil qilib yaratilganligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy taʼlimot. K. tarafdorlari fikricha, turlarning tashqi yoki ichki omillar taʼsirida oʻzgarishi cheklangan; ular yaratuvchi tomonidan qancha yaratilgan boʻlsa, shuncha saqlanib qolgan. Kreatsionizm taʼlimotini paleontologiya asoschisi J. Kyuvye, oʻsimlik va hayvonlar sistematikasini ishlab chiqqan olim Kreatsionizm Linney kabi atoqdi olimlar ham quvvatlashgan. Kreatsionizm tarafdorlari qad. geologik davrdagi va hoz. turlar oʻrtasidagi farqni tushuntirish uchun katastrofalar gʻoyasini ilgari surgan. Bu taʼlimot asoschisi J. Kyuvye fikricha, Yer yuzidagi oʻsimlik va hayvonlar bir necha marta qirilib ketib, qaytadan vujudga kelgan va har gal avvalgisiga nisbatan murakkabroq formalar paydo boʻlgan. Ch. Darvinnnnt evolyutsion taʼlimoti yaratilgandan soʻng Kreatsionizm oʻz mavqeini yoʻqotdi.
|
Ch. Darvindan keyingi davrda Kreatsionizm tarafdorlari oʻz dunyoqarashini oʻzgartirishga majbur boʻlishdi. Endi ular turlarning oʻzgarishi va odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi evolyutsion vazariyani inkor qilishmaydi, lekin insonga aql-idrok va ruhiy faoliyatni yaratganning oʻzi ato etgan deb tushuntirishadi. «Ilmiy Kreatsionizm» tarafdorlari (asosan, AQSHda) evolyutsion taʼlimotni organik dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi ashyoviy dalillarga ega boʻlmagan tushunchalardan biri sifatida diniy dunyoqarashlar bilan bir qatorga qoʻyishga harakat qilishmoqda.
|
Evolyutsiya (yun. ebolitio — avj oldirish, rivojlantirish) — revolyusiya (inqilob)ga va inqilobiy yo‘lga qarshi bo‘lgan, tadrijiy rivojlanish usuli, u to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot. Zamonaviy evolyusion nazariya butun borliqni rivojlanishda, deb qaraydi. Evolyusion nazariya XIX asrda paydo bo‘ldi. Ch.Darvin o‘zining turlarni kelib chiqishi to‘g‘risidagi ta’limotida organik olamning tadrijiy rivojlanish qonuniyatlarini ko‘rsatib berdi. XX asr oxirida tabiatshunoslikda “katta portlash nazariyasi” paydo bo‘lishi bilan koinotning keyingi evolyutsiyasiga bir qator aniqliklar kiritildi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi “har qanday mavjudot evolyutsiya natijasi”dir degan g‘oyaga asoslanadi. Dunyoning zamonaviy manzarasi evolyutsiyaning umumiy xarakterga ega ekanligini isbotlamoqda. Fanlararo soha hisoblangan kibernetika evolyutsiya mexanizmini o‘rgana boshladi. XX asr 70-yillarida bu soha har qanday ob’ekt evolyutsiyasini harakatga keltiruvchi kuchni tahlil qilishga kirishdi. Tabiatda, jamiyatda va ma’naviy dunyodagi evolyutsiya mohiyatini ochib berishga harakat qilmoqda. Ulug‘ mutafakkirlar inqilob vayrongarchilikka asoslangan, odamlarning moddiy va ma’naviy asoslariga zarar yetkazadigan, qadriyatlarni yo‘q qiladigan sotsial hodisa ekanligini ko‘rsatganlar. P. Sorokinning fikricha, inqilob jamiyatni sotsiallashtirmaydi, odamlar ahvolini yomonlashtirib, erkinlikni bo‘g‘adi. Jamiyat o‘z taraqqiyoti yo‘lida kelgan inqirozlarni islohotlar orqali hal etadi. Jamiyatni bosqichli rivojlanish haqidagi nazariyalarda ham bir to‘lqindan ikkinchi to‘lqinga o‘tishda inqilobiy o‘zgarishning yuz berishi aytiladi.
|
Biroq, mohiyatan bu inqilob qonli urushlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy inqilobdan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy inqilob deb siyosiy tizimni zo‘rlik bilan va vaziyat hisobga olmay og‘dirib tashlash nazarda tutiladi. Bu esa, jamiyat hayotini izdan chiqaradi, xalqqa kulfat keltiradi. Evolyusion o‘tish esa, hozirgi davrda texnologik o‘zgarishlar, moddiy va ma’naviy ravnaq, ta’lim tizimini isloh qilish orqali ro‘y bermoqda. O‘zbekistonning mustaqillikni mustahkamlash, demokratik jamiyat bozor munosabatlariga bosqima-bosqich o‘tish yo‘li jahon mamlakatlari tadrijiy taraqqiyotining ilg‘or yutuqlariga asoslangan. Bu borada amalga oshayotgan “Taraqqiyotning o‘zbek modeli” ana shu mezonlarga javob beradi.
|