O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
“IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)”
ta’lim yo‘nalishi 2-kurs (o‘zbek) talabasi
Rahmonqulov Abdulvohid Dilmurodovichning
“Falsafa” fanidan
MUSTAQIL ISH
Toshkent-2021 yil
Mavzu: Diniy qadriyatlar, vijdon erkinligi va bag’rikenglik tamoyillari.
Reja:
KIRISH
Diniy qadriyatlar tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda din va diniy qadriyatlarga yangicha munosabat.
Vijdon erkinligini amalga oshirish tamoyillari.
Islomda bag’rikenglik tamoyillari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI
Kirish
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiy jarayon deb hisoblaymiz.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi tufayli diniy qadriyatlar rivojlanishiga keng yo’l ochib berildi. Yo’lboshchimiz ta’kidlaganidek, diniy e’tiqodlar, islomiy qadriyatlar O’zbekiston davlatmustaqilligini mustahkamlash ishiga xizmat qilishi shak-shubhasiz. Shu sababdan unga alohida e’tabor berilmoqda. Ammo din mustaqillikning yagona g’pyasiva bayrog’i bo’la olmaydi. Biz kelajak taraqqiyotga barcha ilg’or mamlakatlar singari dunyoviy davlat qurish orqali boramiz. Bunday mamlakatlarda ijtimoiy, siyosiy, iq tisodiy taraqqiyot ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va xuquqiy me’yorlar asosida amalgam oshadi. Din va diniy qadriyatlar ham o’ziga munosib o’rinni egallaydi. Islom dinining asosiy manbalari va Islom dunyosidan yetishib chiqqan barcha mutafakkirlarning asarlarida ko’plab ilg’or ma’naviy-axloqiy fikrlar ifodalangan bo’lib, ular xalq ma’naviyatining asosiy manbalaridan biri, yoshlar ma’naviy qiyofasini shakillantirishda muhim vositadir. Ularda go’zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shavqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish, Vatanni sevish, o’zligini anglash, fidoiylik, mehnasevarlik, do’stlik, mardlik kabi xislatlar shakillanishining yo’l va uslublari ko’rsatib berilgan. Ma’lumki,o’zbek xalqi qadimdan boy diniy-tasavvufiy, ma’naviy axloqiy an’analarga ega. Buyuk muhaddis va so’fiylar Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abdulxoliq G’ijdivoniy, Axmad, Yassaviy Sulaymon Boqirg’oniy, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahror Vali, Mahmudi A’zam Kosoniylar ham o’z ta’limotlari va asarlari bilan insoniyat yaratgan ma’naviy boylikka salmoqli hissa qo’shdilar.
Yuqorida nomlari kiritilgan mutafakkirlar boshqa allomalar o’zlarining asarlarida adolat, ilm-ma’rifat, insoniylik, xalqparvarlik kabi g’oyalarni ilgari surdilar. Lekin sobiqittifoq tuzumi davrida islomiy qadriyatlar o’zbek mutafakkirlarining faoliyatiga, g’oyalariga butunlay e’tabor berilmadi,targ’ib va tashviq qilish mutlao cheklab qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |