Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik. Hozirgi paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur’atlar bilan kel- moqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda
315
(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalq- lar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba'zilar buzg‘unchi kuchlar uchun jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda «ayni muddao» bo‘ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o‘z qabih niyatlari yo‘lida ishga solish harakatiga tushdilar.
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko‘rinishlaridan biri bu «Ommaviy madaniyat» bo‘lib, u o‘tgan asrning ikkinchi yarmida G‘arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy maqsadi insonning ma'naviy yuksalishiga to‘sqinlik qilish, mil- liy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o‘rnatishdan ibo- ratdir. U millat, ma’naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson ongidan butunlay o‘chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G‘arb dun- yosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan bog‘liq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyoh- vandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o‘zida mujassam etgan «ommaviy madaniyat» globallashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqi- midan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o‘zgartirishga va xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakl- lantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz yashashga olib keladi.
Globallashuvning eng dolzarb bo‘lgan madaniyatlararo mu- nosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko‘rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo fuqarosi) bo‘lib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universa- lizm g‘oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning bu g‘oyasi go‘yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlari- dan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko‘ra hech qanday millat yoki mamlakat yo‘q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g‘oya ham «Ommaviy madaniyat»ning ko‘rinishlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |