287
faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o‘z hayotida mu- vaffaqiyatga erishish garovi bo‘lsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq farovonligini ta’minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar- likning yo‘qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo‘yish ijtimoiy manfaatlar nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham. Bunday mehnat, ya’ni o‘zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo‘yish, shaxsning o‘z egoistik maqsadi yo‘nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning uchun mehnatga baho berishda masalaning ma’naviy jihati us- tunlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |