Isbotlash usuli — demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shak- lida bo'ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Argumentlash (isbotlash)ning ikki turi mavjud: bevosita isbot- lash, bavosita isbotlash.
Bevosita argumentlash (isbotlash)da tezisning chinligi to‘g‘ridan to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan mu- lohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani
247
ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qo- nundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «0‘zbekiston — mustaqil davlatdir», degan mulohaza (tezis)ning chinligi «0£zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |