Juziy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S—Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
Juziy inkor mulohaza bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar tartib- li emas». Uning formulasi «Ba’zi S—P emas» bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar. Shunday mulohazalar borki ularda nimadir ajratib ko‘rsatiladi yoki istisno qilinadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir. «Davrada ya- qinlarimdan boshqa hamma bor edi». Bu istisno qiluvchi mulo- hazadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |