130
mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari sistema- ning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriya- lar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yonda- shishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |