Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet90/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

83





radilar (lot. Veritas — haqiqat). Ularning fikricha, faqat tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mav- hum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.


Shundan so‘ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko‘ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekan- ligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari fal- safa bilimlarning haqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60—70-yillariga kelib, neopozitivizmning mavqeyi kamayib, asosiy o‘ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.

Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilish- da strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning obyek- tiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi- Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsona- larning asosiy mazmuni bir-biriga to‘la muvofiq keladi. Insoni- yatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko‘ra shunday prin- sipga, umumiy mantiqqa ega.

Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, ger- menevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi. Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o'rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafa- ning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. Bu oqim vag‘illari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror-bir tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to‘la his etishi, tushunishi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish