Qadimgi Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham in- soniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlab- ki talimotlar yozma manba — «Veda»larda o£z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan ay- tilgan so£zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tari- xi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to£plam (samxitlar) shak- lida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adharvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo£lgan manbalarda ham o£z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tash- kil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki fa safiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nomalum muallif- larning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har
Do'stlaringiz bilan baham: |