4
bildirish falsafa mutaxassisi bo‘lmagan ko‘pchilik olimlarga ham xos fazilatlardir.
Lekin shu narsa aniqki, falsafiy bilimlar insonni hayotda o‘z o‘rnini topishi, tom ma'noda o‘z e’tiqodiga, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishida, maqsadiga erishishida beqiyos rol o'ynaydi. Albatta, faylasuflar olamni xilma-xil izohlaydilar, har bir kishining hayoti ham turlicha kechadi. Bu boradagi eng asosiy masala, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshi nom qoldirish, el-yurt koriga yarab, odamlarga doi- mo kerak bo‘lib yashash tuyg'usini o‘ziga saodat deb bilishdir.
Shu bilan birga, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammo- larga falsafiy munosabatda bo‘lib, ularning yechimini topishga harakat qilish umrni mazmunli o‘tkazishda juda muhim ahami- yat kasb etadi. Afsuski, bu borada oddiy tilda yozilgan falsafiy qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar hali ham yetarli emas.
Odatda, mutaxassis bo‘lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning sababi nimada? Bu- ning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta'limot va g‘oyalar majmuyidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin eti- lar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o‘rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror-bir g‘oya yoki ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor bo‘ldi, degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa tarixiy voqelik bilan bog‘lab tushuntirilmas, falsafiy ta'limotlar o‘z asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan chiqarilar edi.
Oqibatda nima bo‘lar edi? Falsafa mutaxassisi bo‘lmagan tala- balarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl mohiyatini tushu- nib olardi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib bora olmasdan, go‘yoki katta shahar boshlanadigan joyda qolib ketardi. Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushun- tirishda davom etayotgan o‘qituvchi sanoqli talabalar bilan birga o‘sha shaharga kirardi, ko‘chalar, mahallalarni — falsafa dunyosini kezishda davom etardi. Lekin qolgan talabalar esa bu xazinadan bebahra bo‘lib, shaharga kirmasdan o‘tadigan aylanma yo‘ldan bo- rishga majbur bo‘lar va shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq tushunmay, diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |