15
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bog'liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan- day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning maz- muni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa- rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat- larini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so- halarni o‘rganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo bo‘ldi. Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo- nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqi- dagi falsafiy bilim sohasidir.
16
Gnoseologiya — bilish falsafasi bo‘lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ta'limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta- fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyat- lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta'limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta- lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj- muyi.
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal- safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi bilan bog'liq masalalar qanday usulda hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, teizm, ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz.
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog‘i hisobla- nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo‘llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o‘rganilgan.
Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bo‘lib, u jami-
Do'stlaringiz bilan baham: |