Falsafa 21-mavzulari mundarija



Download 0,61 Mb.
bet3/47
Sana18.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#820195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Falsafa 21-mavzulari mundarija

1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq», 1998.
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.


2- MAVZU INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI
FALSAFA, UNING MUAMMOLARI VA JAMIYATDAGI ROLI
Reja:


1. Falsafa-ma‘naviy madaniyatning tarkibiy qismi.
2. Dunyoqarash va uning tarkibi.
3. Dunyoqarashning tarixiy tiplari.

1.FALSAFA - MA‘NAVIY-MADANIYATNING


TARKIBIY QISMI

Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o’rin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.


Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, ax-loqiy, estetik, diniy qarashlari va tasavvurlari majmui-dan iborat.
Odatda, falsafani o’rganishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bo’lmasin, falsafa to’g’risida o’ziga xos biron bir tasavvur mavjud bo’ladi. Bu tasavvurni u o’z hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, o’z atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bo’lgan munosa-batlari asosida, u yoki bu manbani o’qishi, boshqa kishi-lardan eshitishi, kinofilmlarni ko’rishi orqali hosil qilgan bo’ladi. Kishi bunda o’zining hayoti, yashashi, hayotdagi o’rni, kundalik ishlari haqida, hayotdagi quvonch va sevinch-lar, g’am-tashvishlar, baxt va baxtsizlik haqida, kishilarning dunyoga kelishi, yashashi va olamdan o’tishi haqida ma‘lum ta-savvurga ega bo’lib boradi. Shu asosda u dunyo haqida, undagi predmet va hodisalar haqida, o’zining ularga va ularning o’ziga munosabatlari haqida o’z ongida muayyan tasavvurlar va tushunchalarni hosil qila boradi. Bu tasavvur va tushunchalar uning o’zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, o’zining kim-ligi, uning dunyoga va o’z atrofidagi kishilarga munosabat-larini ifodalaydi. Bular dunyo to’g’risidagi oddiy ong, oddiy qarashlardir. Aslida mana shu oddiy qarashlardayoq falsafa-ning ilk kurtaklari mavjud bo’ladi.
Xo’sh falsafa nima? «Falsafa» atamasi nimani ifo-dalaydi? «Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan («filio»-sevaman, «sofos»-donishmandlik, degan so’zlar) bo’lib, uning lug’aviy ma‘nosi, «donishmandlikni se-vish» yoki «donishmandlik haqidagi ta‘limot» deganidir. Lekin falsafa fanida «falsafa» atamasi butunlay bosh-qacha mazmunga egadir. U falsafa fanida bir butun dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyat, inson, insonning ularga va o’ziga munosabatlarini, insonning dunyoni nazariy o’zlashtirishini ifodalaydi. Falsafa fani esa ana shu dunyo, borliq, materiya, tabiat va jamiyatga insonning munosabatini, uning jamiyatdagi o’rni va rolini, inson bilishi-ning eng umumiy qonunlarini o’rganadi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab dunyo, borliq, materiya nima, ular qanday tuzilgan? Dunyoning asosida nima yotadi? Insonning o’zi nima? Inson dunyoda qanday o’rin tutadi? Inson ongi va tafakkuri nima, u dunyoga qanday qaraydi? Inson dunyoni bila oladimi? Dunyodagi moddiy va ma‘naviy narsalar bir-birlariga qanday munosabatda? Dunyodagi harakat, o’zgarish, rivojlanish nima? Ular qanday sodir bo’ladi? Haqiqat va xato nima, ularni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Vijdon, imon, nomus, mas‘uliyat, burch, yaxshilik va yomonlik, oliyjanoblik va tubanlik nima? Inson shaxsi nima va uni nima belgilaydi? Inson hayoti-ning mazmuni nima, degan masalalar bilan qiziqib, ularga javob izlab va javob berib keladi. Bunday muammolar hatto bugungi kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.
Insoniyat bu muammolarni hal qila borish bilan birga, bugungi kunda ular yoniga-dunyoning umumiy manzarasi qanday? Insoniyat Yerdagi mavjud tsivilizatsiyani jahonga xavf solib turgan termoyadro halokatidan saqlab qolishi mumkinmi? Insoniyat jamiyatning hozirgi bosqichiga xos bo’lgan qiyinchiliklar, ziddiyatlardan qanday qutula oladi? Insonning xatosi bilan kelib chiqqan ekologik, energetik talofatlarni qanday bartaraf qilish mumkin? Bunday muammolar har doim insonning o’zi yashab turgan dunyoni to’g’ri bilishini, uning dunyodagi o’z o’rnini to’g’ri belgi-lashini, o’z-o’zini to’g’ri anglashi vazifasini qo’yib kelgan. Bu vazifalarni hal qila borish, ularni tushunishga urinish asta-sekin kishilarni falsafiy fikrlashga jalb qilib, ularda falsafiy masalalar bilan shug’ullanishga ehtiyoj tug’dirgan. Kishilarning dunyoni va unga bo’lgan o’z munosabatlarini o’rganishi ularning o’z turmush tajribalari aso-sida ongli va ongsiz ravishda yuzaga kelgan tasavvurlari va qarashlari o’z miyalarida qayta ishlanib, chuqur o’ylagan, nazariy o’zlashtirilgan, ularning e‘tiqodlariga aylangan o’ziga xos dunyoqarashning paydo bo’lishiga olib kelgan.

2. DUNYOQARASH VA UNING TARKIBI.


Dunyoqarash, bu avvalo, insonning zaruriy ravishda dunyoni anglashi, tushunishi, bilishi natijasida yuzaga keladigan qarashlar sistemasidir. Dunyoqarash dunyoning inson ongida o’ziga xos in‘ikosi bo’lib, u insonning dunyoni va o’z-o’zini anglashining alohida shaklidir. Dunyoqarash inson-ning uni qurshab turgan dunyoga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko’nikmalari, bilim-laridir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning dunyoni ma‘lum darajada tushu-nishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida dunyoni amaliy o’zlashtirishi hamdir. U insonning dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko’rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi, insonning dunyodagi o’z o’rni va rolini belgilashi hamdir.


Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan har bir davrning, har bir avlodning, har bir kishining, har bir jamoaning, har bir sinfning o’ziga xos dunyoqarashi bo’ladi. Shunga ko’ra dunyoqarash o’ziga xos alo-hida, maxsus va umumiy xususiyatlarga ega. Dunyoqarashning ijtimoiy o’z-o’zini anglash sifati-dagi o’ziga xos xususiyati shundaki, u hayotiy mu-him hodisa va voqealarga kishi va kishilarning, ularning o’z hayotiy maqsad va manfaatlari asosida shaxsiy mavqelaridan kelib chiqqan holdagi munosa-batlarining ifodalanishidir. Shunga ko’ra dunyoqarash insonning dunyoni oddiy umumlashtirib aks ettirishi bo’lmay, balki u dunyoni insonning amaliy qayta o’zlashtirishining natijasi sifatidagi bilimlaridir. Dunyoqarashning o’ziga xos xususiyatlaridan biri haqiqat, ya‘ni olamning haqiqiy manzarasini, holatini bilishdan iborat.
Dunyoqarash bir butun uyushma bo’lib, o’zida uch asosiy holatni: bilish - baholash - hatti-harakatni birlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham dunyoqarash individual, jamoaga xos, ommaga xos bo’ladi. Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qo’yidagilardan iborat:
Dunyoni his qilish;
Dunyoni tasavvur qilish;
Dunyoni tushunish.
Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqa-rashning turli shakllarida turli tarzda o’z ifodasini topadi. Uning hissiy-ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni id-rok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi.
Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud:
1. Aqliy (aql),
2. Hissiyot (hissiy).
Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» tur-licha bo’ladi. Shuning-dek, ularning his-tuyg’ularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qat‘iy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham o’z ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik kompo-nentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuyg’ulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuyg’ulariga asoslanadi va aksincha.
Dunyoqarashning 2 ta darajada namoyon bo’ladi:
1. Kundalik ong;
2. Nazariy ong.
Dunyoqarash integral tuzilma bo’lib, uning barcha eleme-ntlari o’zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida eng asosiy o’rinni umumlashtirilgan bi-limlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik katta bo’lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.
Umuman, dunyoqarash-bu kishilarning faqat dunyo to’g’risidagi hozirgi aniq tasavvurlari va tushunchalari hamda bi-limlarining yig’indisidan iborat bo’lmay, balki u butun insoniyat hayoti sharoitining anglab olinishini ham, butun qadriyatlar sistemasini ham, o’tmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning mo’ljallarini ham o’z ichiga oladi. Dunyoqarash, shu bilan birga, o’zida kishi-larning u yoki bu turmush tarzini mo’ljallashi yoki rad qilishi, ularning axloqiy yurish-turish me‘yorlaridan tortib, bir butun madaniyatgacha bo’lgan hamma ma‘naviyliklarni mujassam-lashtirgan bo’ladi. Dunyoqarashda butun insoniyat hayotiga oid ma‘naviylik bilan bahramandlik, kishilarning insoniyat hayotining mazmunini anglash tajribasi, o’z taraqqiyotida nimalarnidir butunlay uloqtirib tashlash, nimalarnidir juda avaylab asrash kabi xususiyatlar ham bo’ladi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Bu o’z navbatida dunyoqarashning ham rivojlanishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy o’zlashtirishining o’zgarib bo-rishi bilan uning ongidagi in‘ikos bo’lgan dunyoqarash ham o’zgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo’lib boradi.
SHunday qilib dunyoqarash-bilim va baho; aql va his-tuyg’u, dunyoni tushunish va uni his qilish, aql-farosat bilan isbotlash va ishonch, e‘tiqod va e‘tiqodsizlik, shaxsiy va ijtimoiy, individual va ommaviy, an‘anaviy va noan‘a-naviy (ijodiy) fikrlashning murakkab qarama-qarshi to-monlarining yig’indisidir.

3.DUNYOQARASHNING TARIXIY TIPLARI


Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor:


a) mifologik dunyoqarash;
b) diniy dunyoqarash;
v) falsafiy dunyoqarash.
Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir.
Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyot-ning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir.
Har bir xalqda o’zining uzoq tarixiy o’tmishiga xos rivoyatlar va afsonalar mavjud. Ularda bu xalqlarning ijtimoiy hayoti, turmush va fikr tarzlari, ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy munosabatlari hayoliy tarzda xudolar, ilohiy kuchlar va afsonaviy qahramonlar obrazlarida g’ay-ritabiiy, yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar. Oqibatda, bu kurashlarda doimo adolat va haqiqat tantana qiladi. Bunday rivoyat va afsonalar dastlabki paytlarda xalq og’zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo’lishi bilan taraqqiy topgan xalqlarda o’ziga xos adabiy asarlarda o’z ifodasini topadi. Bunga misol sifa-tida biz qadimgi yunon eposlari-«Iliada» va «Odessiya»ni, hind eposi «Ramayana»ni, qirg’iz xalqining eposi «Manas»ni, o’zbek xalqi eposi «Alpomish» va shu kabilarni keltirishimiz mumkin. Bu eposlarda o’sha xalqlarning o’t-mishdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayoti, ularning madaniyati, urfodatlari, an‘analari, axloqiy, diniy, este-tik, huquqiy, siyosiy qarashlari va tasavvurlari o’z ifodasini topgandir. Bir so’z bilan aytganda, bunday yodgorlik-larda ifodalangan rivoyat va afsonalarda qadimgi jamiyat xalqlari dunyoqarashining shakllanishi o’ziga xos ko’rinishda o’z aksini topgan.
Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bo’lishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyo-dagi predmet va hodisalarning o’zaro bog’lanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bag’ishlangandir.
Afsona va rivoyatlarning ikkinchi xillari esa insonning paydo bo’lishi, uning yashashi, insonning dunyodagi o’rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashi, uning ma‘naviy kamoloti sari intilishlari, nihoyat, insonning o’limi va shu kabi muammolarga bag’ishlangan.
Umuman, rivoyat va afsonalar o’z tematikasi jihatdan xilma-xil va rang-barangdir. Lekin bu rivoyat va afsonalar, baribir qanday mavzuga, qanday sohaga oid bo’lmasin, ular mifologik ong darajasidagi qadimgi dunyoqarashning asosiy shakli-mifologik dunyoqarashni ifodalagan. Bu dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining o’zlaricha o’sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, bu dunyoqarash ma‘lum xalqning, ma‘lum ijtimoiy jamoaning umumiy qarashlarining shakllanishi bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, bu dunyoqarash o’zida jamiyatning ma‘lum ma‘naviy, madaniy qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa-lar) mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va jamiyat-ning, olam va odamning bir butun borlig’ini umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, insonning ichki ma‘naviy dunyosining manzarasi, garchi hali chuqur bo’lmasa ham, o’zining dastlabki ifodasini topadi.
Dunyoqarashning ikkinchi tarixiy tipi diniy dunyoqarashdir.
Diniy dunyoqarashning asosiy va hal qiluvchi belgisi-ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosining Xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e‘tirof etish, Xudoga, ruhlarga sig’inishdan iboratdir.
Diniy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o’zidan emas, balki tabiatdan tashqari sabablar, xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuch-larning ta‘siri, mo’‘jizaviy kuch bor, deb pisanda qiladi.
Umuman din o’ziga xos dunyoqarash bo’lishi bilan birga, u murakkab ma‘naviy tuzilma sifatidagi ijtimoiy-tarixiy hodisa hamdir.
Din ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatda muayyan ij-timoiy vazifalarni ham bajaradi. Dinning ijtimoiy vazifalarini aniqlash va tushunish, birinchidan, uni xayoliy mushohaza sifatida gnoseologik baholashga, ikinchidan, di-niy e‘tiqodlarni zaruriy ravishda keltirib chiqargan ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi. Bu shuni ko’rsatadaki, biron jamiyatning dinga ehtiyoji, eng avvalo, kishilarning o’zlarining amaliy ojizligi, chorasizligini xayolan qondirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, dinning kishilarni xayoliy taskin toptirish vazifasi kelib chiqadi. Uning kishilar ko’ngliga dalda berishi, ularni sabrli, qanoatli qilishi, ularni azob-uqubatlardan qutqarishi, qiyinchiliklarni bartaraf etishda ruhiy madad bo’lish vazifasi ham bor. Bu dinning xayoliy-kompensatorlik vazifasi deyiladi.
Din axloqiy me‘yor va ko’rsatmalar yordami bilan kishilarning xulq-atvorini belgilash va boshqarish vazifasiga ham ega. Bu dinning regulyativ vazifasini tash-kil etadi. Din shu bilan birga, bir dindagi va turli dindagi kishilar o’rtasida ma‘lum munosabatlar va aloqalar o’rna-tishda ham muhim rol uynaydi. Bu dinning kommunikativ vazifasidir.
Din, bundan tashqari, diniy ta‘limotlar umumiy-ligini mustahkamlash uchun kurash ham olib boradi. U ko’p hollarda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatalarning mavjud sistemasini saqlashga yordam beradi. Bunda dinning integ-rativ vazifasi o’z ifodasini topadi.
Xullas, din ko’p vazifali, ko’p rejali, ko’p tomonli hodisadir. U jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos qonuniyatlari asosida paydo bo’lgan, shuning uchun uning mohiyati va taq-dirini ham ayni paytda ijtimoiy jarayonlar belgilaydi.
Hozirgi kunda fan va texnika yuksak rivojlangan bir sharoitda, g’ayritabiiy kuchlarning mavjudligi g’oyalari tobora zaiflashayotgan bir sharoitda, dinning, diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning butun dunyodagi turli mamla-katlar va regiondagi xalqlarning ijtimoiy ongiga o’tkazayotgan ta‘siri hamon yuqoridir. Bu, o’z navbatida, dinning «inson dunyosi»da hozirgi insonlar uchun juda zarur bo’lgan insoniyatning boy hayotiy tajribalarini o’ziga xos aks ettirishi bilan, o’zida emotsional-hissiy obrazlarga asoslangan tasavvurlar va kechinmalarni, hayotiy me‘yorlarni, axloqiy ideallarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlab kelishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’tmishda din kishilarni ma‘naviy jihatdan yuksal-tiruvchi, ularning ma‘naviy kamolotida o’ziga xos katta rol o’ynab kelgan. Bundan tashqari, u insoniyat ma‘naviy madaniyatining ham ma‘lum bir qismini tashkil etgan. Shuning uchun dinni ijtimoiy hayot bilan bog’lab, ma‘naviy hodisa sifatida o’rganish, izohlash va tushuntirish lozim.
Umuman, din dunyoqarash sifatida falsafaga yaqin turadi, diniy duny-oqarash falsafiy dunyoqarash bilan cham-barchas bog’liqdir. Ular dunyoqarash-ning shakllari sifatida o’zaro umumiy birlikka ega bo’lib, uning turli ijtimoiy-tarixiy tiplari sifatida bir-birlaridan tubdan farq ham qiladi. O’zining insoniy tash-vishlarga, ishonch va umidlarga, faqatgina e‘tiqodga ustun darajada e‘tiborini qaratuvchi diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash insonning dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi intellektual tomonlariga ko’proq e‘tibor beradi.
Dunyoqarashning uchinchi tarixiy tipi falsafiy dunyo-qarashdir. Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyo-qarashlardan farqli o’laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir.
Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishi-larga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash butun mavjudot-organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o’simliklar va hayvonot dunyosi ham, doimo harakatda, o’sish, o’zgarish va rivojla-nishdadir deb tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar ob‘ektiv olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim aloqadorlikda, ta‘sir va aks ta‘sirda ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emas, balki doimiy ravishda o’zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlar-dagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ro’y berib turadigan muhim o’z-garishlar natijasida kishi-larning ob‘ektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvur-lari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Ho-zirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli inson bilim-lari doirasi behad kengayib, mazmunan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan-ligi bunga yaqqol misoldir. Bino-barin falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatdangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Download 0,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish