mazmuni, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan
iboratdir.
Kishilik jamiyati din doimio u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz
yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga
ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha,
«qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida – yuqori
paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning
kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq» degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib
chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyustion yo’nalishdagi
pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi
odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va
o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada
bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni
uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi
bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan
yovvoyi odam konstepstiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi
bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas
edi. Shuni ham unitmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab
chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga
tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruh, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi».
Dinning kelib chiqishi to’g’risidagi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan»
degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra «din – bu jamiyatdagi kishilarning
baravariga o’z-o’zlarini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy
hodisadir degan xulosaga kelish mumkin» deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun
ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan
ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi»
deyilgan fikrning aksicha kommunizm hayoliy narsa-yu, din doimo ekanligi amalda isbotlandi.
Demak, din insoniyat bilan doimo birga bo’lgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi
yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: