Sirtlarning o`zaro kesishuvi
Qadim zamonlardanoq insoniyat o`zining amaliy faoliyatida konus,
silindr, shar, ko`pyoqliklar va ularning o`zaro kesishishidan hosil bo`lgan
sirtlardan turli xil ko`rinishdagi arkalar, gumbazlar va boshqa muhandislik
inshoatlarini qurishda foydalanib kelingan. Bunday kesishgan qo`shma sirtlar
asosida o`zaro kesishgan trubalar, keng oraliqli binokorlarniing ustunsiz tomlari,
neft va gaz saqlanadigan sisternalar, rezervuarlar, kimyo asboblari,
mashinasozlik detallari tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |