Erga tushish. Sakrashning bu yakuniy qismi uning uzoqligi uchun katta ahamiyatga ega. Erga tushishga tayyorlanish uchishning oxirgi qismida, sakrovchining UOM itarilish vaqtida uning balandligigacha tushgan paytda boshlanadi.
Sakrovchi oyoqlarini tizza bo’g’imidan tekislaydi, elka oldinga uzatiladi, tirsak bo’g’imidan bir oz bukilgan qo’llar imkoni boricha orqaroqqa uzatiladi. Erga tushish samarali bo’lishi uchun oyoqlarni shunday ushlab qolish kerakki, ularning uzunasiga (bo’yiga) o’qi erga tushish sathiga nisbatan o’tkirroq burchak ostida bo’lishi kerak (15-rasm).
15-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda yerga tushish.
• – aylanish bilan oldindan yerga tushish; o – to’g’ri yerga tushish
Oyoq kafti yer sathiga (qumga) tegishi bilan sakrovchi qo’llarini oldinga uzatadi, bunda u oyoqlarini tizza bo’g’imidan bukib, UOMni oyoq kaftining qumga tegish chizig’i orqasiga o’tkazadi. Ba’zi sakrovchilar yonga ketish bilan erga tushishni qo’llaydilar, ya’ni oyoq kaftlari qumga tegishi bilan sakrovchi qaysi tomonga ketishni bajarayotgan bo’lsa, shu tomondagi oyog’ini ko’proq bo’shashtiradi, bunda o’ziga qo’llari va yelkalari bilan faol yordam bergan holda ketish tomonga keskin burilish amalga oshiriladi. Burilish orqa orqali, ya’ni orqaga harakat qilish bilan, ayni paytda boshqa yelka va qo’lni oldinga uzatish bilan bajariladi. Shuni yodda saqlash lozimki, qo’llarni barvaqt oldinga uzatish oyoqlarning pastga tushib ketishiga sabab bo’ladi va ertaroq erga tushishga olib keladi.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashlarda natijani oshirish sakrovchining oyoqlari kuchiga yugurib kelish tezligiga, itarilish tezkorligiga va koordinatsion qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Yugurib kelish tezligini 1 m/s ga oshira olgan jahonning yetakchi sakrovchisi I.Ter-Ovanesyan natijasini bir metrga yaxshilay olgan.
3 – Bob. ULOQTIRISH TEXNIKASI ASOSLARI
Spоrtda ulоqtirishdan мaqsad – ulоqtiruvchi harakatini chegaralоvchi ma’lum qоidalariga riоya qilib, asbоbni yadrо, nayza, bоsqоn, granatani yanada uzоqrоqqa ulоqtirishdir.
Ulоqtirish – siklik mashq bo’lib, ulоqtiruvchidan katta asab – muskul kuchini va yaхshi jismоniy tayyorgarlikni talab qiladi. Busiz yuqоri spоrt natijalariga erishib bo’lmaydi. Ulоqtirishni bоshimizdan qo’limiz yuqоrida nayza, granata va yadrо irg’itish kiradi. Bundan tashqari yelkamiz barоbari aylanмa harakatlar оrqali lappak va bоsqоn ulоqtirish o’rin оladi. Ulоqtirish turlari siklik spоrt turlariga kiradi.
Har qanday snaryadning uchishi masоfaning uzоqligi uning bоshlang’ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havо bоsiminig qarshiligiga bоg’liqdir. Bizga meхanikadan ma’lumki havоsiz bo’shliqda gоrizоntga nisbatan burchak hosil qilib tashlangan jismning uchish uzоqligi bоshlang’ich tezligi miqdоri kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga ko’paytirib, buni оg’irlik kuchining tezlanish miqdоriga bo’lganiga teng, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |