4. Masalaning yechilishi Masalaning yechilishi bu yechim plani
tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir
amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart.
Masalayechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki
yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi.
Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki
bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga
doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak. Masalan quyidagi
masalani 4-sinfda og’zaki yechish talqin qilinsin: Yangi uyda 49 ta kvartiraga
xonadon ko’chib keldi. Bo’sh qolgan kvartiralar ko’chib kirilgan kvartiralardan 18
ta kam. Uyda hammasi bo’lib nechta kvartira bor? O’quvchi quyidagicha fikr
yuritishi mumkin: avval nechta bo’lib kvartira qolganini bilaman buning uchun 49
dan 18 ni ayiraman. 41 qoladi; endi uyda hammasi bo’lib nechta kvartira borligini
bilaman. Buning uchun 49 ga qo’shaman 80 chiqadi. Javob uyda hammasibo’lib
80 ta kvartira bor. Avval jamini aytib so’ngra tushuntirishni bersa ham bo’ladi.
Avval 49 dan 18 ni ayiraman. 41 qoladi- shuncha kvartiraga qoladi haligi hech kim
ko’chib kirmagan va hokazolar.
Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa
o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar.
Boshlang’ich sinflarda masala yechlishini quyidagi asosiy formalari bor:
1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;
2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish;
4. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish. Yechilishni ayrim
yozishning sanab o’tilgan formalarning har birini quyidagimasalani yechish
misolida ko’rib chiqamiz:
Tushuntirishlarni yozishga bolalarni maxsus o’rgatish zarur. Dastlab ypzuvni
o’qituvchi rahbarligida, so’ngra mustaqil bajarish lozim. Har bir masalani ham
tushuntirishlarni yozish bilan bajaraverish kerak emas. Yangi turdagi masalalar
bilan tanishtirishda, odatda yechish yozma bajariladi. Bunda, 1-sinfda
tushuntirishlar aytiladi 2 va 4-sinflarda esa yoziladi. Mustaqil ishlar
bajarilayotganda o’qituvchi qaysi yozuv formasi bilan foydalanishni aytib turadi.
Ko’pchilik hollarda dastlabki ikkita yozuv formasi ya’ni ifoda va tenglama tuzish ma’qulko’riladi.
4. Masalaning yechimini tekshirish Masalani yechimini tekshirish degan
yechim to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash demakdir.
Boshlang’ich sinflarda quyidagi 4 tekshirish usulidan foydalaniladi.
1. Teskari masala tuzish va uni yechish. Bu holda bolalarga berilgan masalaga
teskari bo’lgan masalani tuzish va yechish taklif qilinadi. Agar teskari masalani
yechish natijasida ma’lum bo’gan son chiqsa berilgan masala to’g’ri yechilgan deb
hisoblash mumkin. Masalan, o’quvchiga quyidagi masalani yechish taklif qilingan
bo’lsin: ,,Ikkita katta qoshiqqa qancha metal sarf qilingan bo’lsa, har biri 20
grammli metal sarf qilingan. Bu masalani yechganlaridan so’ng bolalar katta
qoshiqqa 50 graqmm metal sarf qilinganini biladilar. Endi o’qituvchi teskari
masala tuzishni, ya’ni berilgan masaladagi izlanayotgan son (50) berilgan son,
berilgan sonlardan biri (5-20 yoki 2) esa izlanayotgan son bo’ladigan masala
tuzishni bolalarga taklif qiladi. O’quvchilar bu masalalardan birini, masalan
quyidagini ifoda qilishadi. ,,Har biri 20 grammli 5 ta choy qoshiqqa sarf qilingan
metaldan har biri 50 grammli nechta qoshiq yasash mumkin? Agar bu masalani
yechish natijasida 2 soni chiqsa berilgan masala to’g’ri yechilgan bo’ladi.
Bu usul 2-sinfda kiritiladi. Bu usulni istalgan masalada qo’llash mumkin,
bunda faqat teskari masalada qaysi son izlanayotgan son deb olish mumkinligini
ko’rsatib berishi kerak. Barcha masalalarni bu usul bilan tekshirish lozim deb
o’ylash kerak emas, chunki bu usul bir qancha qiyin va uzundan uzoqdir.
Haqiqatdan ham avval masalani tuzish kerak, bunda teskari berilgan masalada ham
qiyin bo’lishi mumkin. Biroq ko’p hollarda teskari masalalar ham juda foydalidir,
chunki ular masaladagi kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni oydinlashtirishga
yordam beradi. Shuning uchun bu usul yordamida barcha sodda masalalarni 4
proportsiyanalni topishga doir masalani 2 ko’paytma yoki bo’linmaning yig’indisi
,,ayirmasi yoki bo’linmasi topiladigan masalalarni va bularga nisbatan teskari
masalani shuningdek, bir qator boshqa masalalarni tekshirish maqsadga
muvofiqdir.
2. Masalani yechish natijasida hosil qilingan sonlar bilan berilgan sonlar
orasida moslik o’rnatish.
Bu usul bilan masala yechimini tekshirishda masala javobida hosil
bo’ladigan sonlar ustida arifmetik amallar bajariladi. Agar bunda masala shartida
berilgan sonlar hosil bo’lsa, u holda masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash
mumkin. Buni tekshirish misolida ko’ramiz. ,,Yosh tabiatshunoslar uchun
hammasi bo’lib 158 kg kartoshka terishdi. Ular birinchi va 2 qopni tortishgan edi,
120 kg chiqdi. 2 va 4 qopni tortishgan edi 99 kg chiqdi. Har bir qopda necha
kilogrammdan kartoshka bor edi?’’ Bu masalani yechish natijasida o’quvchilar
birinchi qopda 54 kg , 2-qopda 48kg , 4-qopda 51kg kartoshka borligini topishgan
edi. Yechimini topish uchun uchala qopda 15kg kartoshka bo’lmasligini aniqlash
kerak. 54+48-51=15. Endi haqiqatdan ham 1 va 2 qopda 102kg, 2 va 4 qopda
99kg kartoshka borligini tekshiramiz. 54+48=102 48+57=99
Javobda hosil qilingan sonlar berilgan sonlarga muvofiq keladi, demak
masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash mumkin. Bu tekshirish usulidan 2-sinfdan
boshlab foydalaniladi. Undan javobda hosil qilingan ayirma bo’yicha noma’lumni
topishga doir va qator boshqa masalalar sonlar ustida tegishli amallarni hosil qilish
mumkin bo’lgan strukturali masalalarning yechimini maqsadga muvofiqdir.
4) Masalalar turli usullar bilan yechish. Agar masalani turli usullar bilan
yechish mumkin bo’lsa, bir xil natijaning hosil qilinishi masala to’g’ri
yechilganligini tasdiqlaydi.