4 - rasm. Filtr-press elementlari.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki kanaldan teshik orqali yog‘ rama ning ichki qismini to‘ldiradi. Bosim ostida yog‘ mato orqali o‘tib filtrlanadi.
Yog‘ plitaning rifli yuzasidan oqib tushadi va teshik orqali yig‘ish tornoviga yig‘iladi. Filtr mato yuzasida yig‘ilgan cho‘kma asta-sekin ramaning bo‘shliq qismini to‘ldiradi. Ramaning bo‘shliq qismi cho‘kma bilan to‘lganda filtrlash jarayonining bosimi ko‘tariladi, filtrlash to‘xtatiladi va filtrpress tozalanadi. Filtrlash jarayoni boshlanishida filtr mato yuzasida filtrlash qatlami hosil bo‘lganda, loyqa filtrat oqadi, u alohida yig‘iladi va qaytadan filtrlashga beriladi. Filtrpress ishlaganda bosim 0,15 - 0,20kPa (1,5-2,5 kgc/sm2)dan oshmasligi kerak.
Cho‘kmalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda bo‘shatishga asoslangan turli filtrlar ma’lum. Uzluksiz ravishda ishlash uchun odatda 2 ta filtr o‘rnatiladi. Hozirgi zamon uzluksiz ishlaydigan filtrlar diskli, patronli, ko‘rinishda bo‘ladi. Filtrlashdan oldin odatda filtrlovchi elementda yupqa qatlam hosil qilinadi.
Filtrlash tezligini oshirish uchun bosimni oshirib, qovushqoqlikni kamaytirish kerak. Cho‘kma, siqiladigan va siqilmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Siqilmaydigan cho‘kmalar, bu shunday cho‘kmalarki, bunda g‘ovaklar bosimlar farqi ko‘tarilganda ham kamaymaydi, aksincha g‘ovaklar siqiladigan cho‘kmalarda kamayadi. Yog‘larni filtrlash jarayonida hosil bo‘ladigan cho‘kmalar (fosfolipidlar, oqsillar, shilimshiq moddalar va h.k.) siqiladigan cho‘kmalar hisoblanadi. Yog‘-moy sanoatida paxtali (belting, diagonal) yoki sintetik filtrlovchi gazlamalarni qo‘llab davriy va uzluksiz filtrlash jarayonlari olib boriladi.
Davriy filtrlashda filtrpresslardan foydalaniladi (5-rasm). U vertikal joylashgan, oralab o‘rnatilgan ariqchali plitalar (I) va bo‘sh ramalar(P)dan iborat. Har bitta rama filtrlovchi gazlama bilan o‘raladi.
5 - rasm. Filtr-press elementlari
Plita va ramalarning yon teshikli kanalchalari (3) bo‘lib, ular yig‘ilganda kanal (2) hosil bo‘ladi va u yerdan filtrlash uchun suyuqlik (yog‘) keladi
Plita va ramalar tayanch(1)lar yordamida ikkita gorizontal balkaga osib qo‘yiladi. Plitani pastki qismida yog‘ni quyib olish uchun jo‘mrak (4), ramani esa yog‘ kirishi uchun teshigi (5) bor. Filtrpressga yog‘ kanal (7) orqali kirib keladi va ramaga (5) teshik orqali o‘tib uni to‘ldiradi. Yog‘ bosim ostida filtrmato (6) orqali filtrlanib, plita yuzasidagi ariqchalardan pastga oqib tushadi va jo‘mrak(4)dan o‘tib yig‘uvchi tarnovga quyiladi.
Filtrlashni boshlanish davrida, filtrmato yuzasida quyqa qatlami shakllanmasdan oldin chiqayotgan filtrat loyqa bo‘ladi. Shuning uchun uni alohida yig‘ib qayta filtrlashga beriladi.
Filtrpressni normal ish holatida bosim 1,5-2,5 kgs/sm dan ko‘tarilmasligi kerak. Agar bosim kattalashib, filtrlash tezligi kamaysa, filtrlash to‘xtatiladi, filtr-press bo‘shatiladi. Uning kamchiligi ishlab chiqarishning kam unumdorligidir. Cho‘kmalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda bo‘shatishga asoslangan turli filtrlar ma’lum. Uzluksiz ravishda ishlash uchun odatda ikkita filtr o‘rnatiladi.
Zamonaviy uzluksiz ishlaydigan filtrlar diskli, patronli, ko‘rinishda bo‘ladi. Filtrlashdan oldin odatda filtrlovchi element yuzasida yupqa qatlam hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |