II BOB MAJBURIY TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLIGA INNOVATSION YONDASHUV
2.1 Bolalarni maktab ta’limiga tayyorligiga ta’sir etuvchi omillar
Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik qilishga jiddiy talablar qo’yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o’z-o’zidan, avtomatik tarzda paydo bo’ladi. Faqat maqsadga yo’naltirilgan va uzoq muddatga mo’ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga optimal tayyorligiga olib keladi.
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? deganda kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko’pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1 sinfga bir yil qolganda tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblanadi. Ammo boshqalar bolani faqat maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba’zi ota-onalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o’ylashadi.
Maktab hayotiga bolalarni kim tayyorlashi kerak? Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun maktabgacha ta’lim tashkiloti davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va programma talablariga binoan shuni amalga oshirishadi (bajarishadi). Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e’tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sisitemaga solishadi, to’g`ri osankani mustaxkamlashadi, mayda motorikasini rivojlantiradi va xakazo.
Lekin oila – bu bola tug`ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oila bola o’zini birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini ortiradi, ota-ona va kattalar namunalari or qali, ota-ona va kattalar normunalari or qali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun maktabga tayyorlashda oila - hal qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko’pchiligi bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan oilaning hamkorligi or qali amalga oshirish kerak deb hisoblashadi. Bunda yota-onalar maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila alohida bo’lganda yaxshi natijaga erishilmaydi, ya’ni bolani maktabga yaxshi tayyorlay olmaydi deb hisoblashadi.
Ba’zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javobgarligi maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuklashadi, ba’zilari esa butun javobgarlikni o’z bo’yniga olishadi.
Ya.A.Komenskiy o’zining «Onalar maktabi» kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigna ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o’ylab, o’z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Ya.A.Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko’rsatadi:
1. bolalarda maktabga borganda, o’z tengdoshlari bilan o’qigan va o’ynagan xursandchilik hissini tug`dirish;
2. bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish;
3. bolalar bo’lajak o’ qituvchilarga nisbatan xurmat va ishonchni shakllantirish.
Hozirgi zamon ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyorlshmoqda. Biz shuni ko’rsatib o’tgan edikki, ota-onalarning ko’pchiligi maktabda yaxshi o’qishning shartlaridan biri-shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning uchun mashg`ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirasini rivojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o’ringa bolani o’qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo’yishadi, yodlatishadi, suhbatlashadi, birgalikda mantiqiy o’yinlar o’ynashadi. Gohida – mehnat, sport, ashula yoki ra qs bilan shug`ullantirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |