Fakultеti 183- guruhi talabasi


O’zbekistonda futbolning rivojlanishi



Download 46,07 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi46,07 Kb.
#212024
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Dushamov Yarash

2.4 O’zbekistonda futbolning rivojlanishi
Rivojlanish bu moddiy sharoit, e’tibor yoki texnik baza emas, hatto ilmiy taraqqiyot ham emas. Rivojlanish bu eng avvalo munosabatlar taraqqiyotga erishishidir. Futbol yuqorida aytganimdek, xuddi «shesterna zanjiri» misoli boshqa sohalar bilan munosabatga kirishadi, xuddi shu munosabatlar asosida, rivojlanadi. Agar go‘yoki futbolga bog‘liq bo‘lmagandek tuyulgan iqtisodiyot, ta’lim, erkinlik, tibbiyot, qurilish, boshqaruv, marketing - umuman boshqa har qanday soha, birgalikda rivojlanib bormas ekan, O‘FAdan shunchaki, ortig‘ini kutayotgan bo‘lib qolamiz, xolos.

Qonun ustuvorligi va korrupsiya yo‘qolsa, futboldagi kelishuvlar va «otkatlar» barham topadi, iqtisodiy barqarorlikka erishsak, tadbirkorlar kuchayib, xususiy klublar tashkil topadi, aholi ijtimoiy tomondan yaxshilansa, tirikchilikdan ortib futbol ko‘rishni, tirikchilikdan orttirib futbolga pul sarflashni boshlaydi va hokazo.

Oddiy misol, Xalq ta’limi vazirligiga o‘ziga yarasha zamonaviy, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan Sherzod Shermatov rahbarlik qilishi ma’lum bo‘lganida, ko‘pchilik xursand bo‘lgani, shu bilan endi bu soha gurkirab ketishini taxmin qilgani esingizdadir? Albatta, nazarimda, Shermatovning oldingi rahbarlardan yer bilan osmoncha farqi bor, u insonning malakasiga va rostan ham shu sohani rivojlantirmoqchi ekaniga shubha yo‘q. Lekin qarang, hatto u ham, ba’zi masalalarni tilga olyapti, «nufuzli maktablarga o‘qishga joylashtirish uchun qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi»ni tan olgan holda, bu bilan kurash, buni tamoman bartaraf qilishning iloji yo‘qligini ham aytmoqda. Nega? Sababi, Shermatov shu sohaning rahbari bo‘lgani bilan, boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan jihatlar bor. Juda ko‘p masalalalarda hisoblashiladi, yon beriladi, tan olinadi, vaqtga ehtiyoj seziladi.

Kimdir baribir pora evaziga bolasini maktabga joylaydi, kimdir o‘qituvchilarni majburiy mehnatga chorlaydi va hokazo. Sababi, bu muammolar faqat xalq ta’limi muammolari emas, umuman jamiyatning, barcha sohalarda ko‘zga tashlanadigan illatlardir. Bu illatlarni faqat bir sohada tozalash umuman ilojsizdir.

Futbol ham shu. Futboldagi muammolar faqat futbolniki emaski, aynan futbol qarorlari, futbolcha qarashlar yordamida unga barham berilsa... Kelishilgan o‘yinlar futbolning muammosi emas, deyarli barcha sohada nimadir kelishiladi, nohalollikka yo‘l qo‘yiladi. Futbolchini sotib, bor pulni klubga tushirmay, «otkat olish», homiylik mablag‘larini «tuya qilish» faqat futbolning muammosi emas, barcha sohalarda otkatlar bor, o‘zlashtirishlar bor afsuski. Murabbiylar yoki futbolchilar aldovga o‘ch bo‘lib ketmayapti, odamlar aldovga o‘ch bo‘lib ketyapti, ya’ni muammolar biz bilgandan ancha chuqurroq.

Jamiyat uchun eng xavfli jinoyatlar nima, bilasizmi? Qotillik, o‘g‘rilikmi? Fohishalikmi? Yo‘q, jinoyat kodeksidagi belgilangan jazoga qarab, og‘ir va yengilga ajratmagan bo‘lardim. Masalan, fohishalik aslida umuman jinoyat sanalmaydi. Arzimas jarima bilan qutulish mumkin. Lekin hozircha, jamiyatimiz bu illatdan nafratlanadi, o‘z safiga qo‘shmaydi, to‘g‘rimi? Ya’ni bu alohida olam bo‘lib, o‘z munosabatlar dunyosi bor - aslida, bu fahsh jamiyat bilan doimiy muloqotda yashamaydi. Hech kim bolasi fohisha bo‘lishini istamaydi, fohishaxonaga borishini istamaydi. Demak, bu illat bilan hech qanday qonun bo‘lmasa ham, jamiyatning o‘zi kurashib yuraveradi. Ma’lum darajada rivojlanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Xudoga shukr.

Lekin ba’zi jinoyatlar borki, aslida barcha kitoblarda juda og‘ir ekani yozilsa-da, kodekslarimizda ikki xonali raqamlarda qamoq muddatlari bilan qo‘rqitilsa-da, yo‘q, afsuski, jamiyatimiz buni illat sifatida ko‘rmaydi, bunday odamlardan nafratlanmaydi. Masalan, poraxo‘rlik - hammamiz buning illat ekanini, o‘sha poralar aslida bizning cho‘ntagimizdan, bizning hayotimiz yomonlanishi hisobiga uning cho‘ntagiga oqib borayotganini, zarari fohishanikidan badtarroq ekanini bilamiz. Lekin uyimizning to‘riga taklif qilamiz, u bilan yaqinlashishga urinamiz, o‘sha darajaga o‘z aqli bilan yetib kelganini-yu, demak o‘sha ishlarni qilishga haqli ekaniga ham rozi bo‘lib ketaveramiz. Havas qilamiz. Ya’ni, jamiyat bunday jinoyatlardan irganmas ekan, qonundan tashqari holatda o‘zi ham kurashmas ekan, bartaraf etish doim muammo bo‘lib boraveradi. Bunday jinoyatlar doim xavfliroqdir.

Kelishilgan o‘yinlar, totalizator kabi muammolarni faqat o‘zimizga qarshi ishlatilayotgani uchungina yomon ko‘rib, boshqa payt uning ishtirokchilarini oddiy «uchar», «ustamon» sifatida qabul qilib ketaverar ekanmiz, muammo ancha chuqur, nazarimda.

Masalani bu qadar mujmalga olib kelganimizning sababi, futbol qanday rivojlanadi, degan savolga aniq javobimni yo‘qligidir. Lekin buning alomatini bilaman. Sizga ham aytib qo‘yishim mumkin. Buni bilish uchun bu sohada mutaxassis bo‘lishingiz, futbolga qiziqishingiz, kuzatib borishingiz, uni tahlil qilishingiz ham shart emas. Oson yo‘li bor.

Shunchaki, atrofingizdagi o‘zingizga aloqadar bo‘lgan, o‘zingizning aqlingiz yetgan sohaga e’tibor bering, agar rivojlanayotgan bo‘lsa, bilingki, futbol ham rivojlanyapti...

Terma jamoamiz natijalari qaysidir jihatdan yaxshilana boshlaganda yoki klublarimiz reytingi oshsa, ba’zida stadionlar tomoshabinlarga to‘lib, qiziqish ko‘payotganini his qilsak yo futbolimizga yangi rahbariyat kelganida qandaydir optimistik kayfiyat chulg‘ab oladi - futbol rivojlanyapti. Rostan ham shunday bo‘ladimi? Ba’zida mutaxassislarimiz aslida futbol rivojlanayotganini, shunchaki, biz omilar buni yaxshi tushunmayotganimizni aytmoqchi bo‘lishadi.

Ba’zi shartlar ostida futbolning rivojlanishi qanday ro‘y beradi, umuman rivojlanish deganda, nimani tushunish kerak, aslida bu ham juda ahamiyatli masalalardir.

Masalan, Shimoliy Koreya bir palla juda yaxshi saralash kampaniyasini o‘tkazdi, jahon chempionatiga chiqdi. Futbol rivojlandimi? Yo‘q albatta, futbol rivojini faqat ma’lum palladagi natija bilan bog‘lash xatodir. Futbol nuqtai nazaridan juda to‘g‘ri qarorlar, loyihalar ham yakunda rivojlanishga olib kelmasligi mumkin.

Sababi shundaki, nafaqat sport, umuman har qanday mamlakatdagi har qanday soha boshqa sohalar bilan «shesterna tishlari» kabi chambarchas bog‘liq holda siljiydi. Menimcha, hech qayerda boshqa sohalarda juda uzoqlashib rivojlangan alohida bir sohani ham, boshqa sohalardan sezilarli ortda qolib ketgan alohida bir sektorni ham ko‘rmaysiz.

Yaponiyani olasizmi, Belgiyanimi yoki boshqa, ularning birortasi faqat futbolnigina ko‘tarish loyihasi yordamida rivojlanib ketishmagan. Ularda umuman hamma soha rivojlangani uchun futbol ham bunga ergashib, oldinga qarab ketgan. Ma’lum pallalardagi o‘sish va pasayishlar esa, shunchaki, ayni o‘sha paytdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri qarorlar evaziga bo‘ladi, xolos. Ha, ba’zida juda taraqqiy etgan, ammo futbolda u qadar yaxshi bo‘lmagan mamlakatlarni ham bilamiz. Buning sababi, o‘sha yerdagi futbolning o‘rni pastligi xolos. Har qanday rivojlangan mamlakatda o‘sha yerning aholisining aksariyat qismi qiziqadigan soha albatta rivojlangan bo‘ladi.

Mirabror Usmonov futbol tepasiga kelib, umumiy moddiy bazani, sharoitlarni ancha yuqoriga ko‘tardi. O‘z-o‘zidan turli yoshdagi terma jamoalarimizning natijalariga ta’sir qildi, O‘FF salobatli va nufuzli tashkilotga aylandi, Osiyo va FIFA miqyosda e’tiroflarga sazovor bo‘ldik. Umid Ahmadjonov kelib, masalan, Superligamizdagi translyasiyalar masalasida oldinga harakatlarni ko‘rdik, terma jamoamiz yig‘inlarida va ularni tashkil qilishda e’tibor kuchaygandek bo‘ldi. Albatta, Ravshan Ermatov ham bu yo‘lda o‘z hissasini qo‘shishi turgan gap, balki qaysidir jabhalarda avval qilingan xatolar tuzatilar, yetishmay turgan murvatlarni topib, o‘z o‘rniga qo‘yar?



XULOSA

«Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi va bu O‘zbek futbol muxlislari uchun kutilgan farmon desak adashmagan bo‘lamiz.(quyida ushbu qarordan qisqacha keltirilgan)



Iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talablar va standartlar asosida futbol bo‘yicha murabbiy va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq:1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJning quyidagi takliflari ma’qullansin:«Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari (bundan keyin — «Bunyodkor» stadioni) futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining asosiy bazasi hisoblanadi;- Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Futbolimizni xadeb yomonlasak ham insofsizlik bo‘ladi menimcha, chunki futbolimizni rivojlantirish uchun shaxsan Prezidentimizning o‘zi farmon imzoladi va xozirgi kunda futbolimizda kuzatilayotgan  o‘zgarishlar juda sezilarli tarzda amalga oshirilmoqda. 

Farmon imzolanishidan oldin O‘zbekiston Futbol Federasiyasi, O‘zbekiston Futbol Assosasiyasiga o‘zgartirildi va o‘tgan vaqt ichida milliy chempionatimizda anchagina o‘zgarishlar qilishga ham ulgurdi.Lekin manashu farmon futbolimiz rivoji uchun yana bir katta qadam va men bunga ishonaman Sababi bundan oldin qilingan harakatlar ham samarasini bermay qolmagan. 



Ya’ni  yaqin yillardan beri turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz nufuzli chempionatlarda munosib qatnashib O‘zbekiston nomini jaxonda tanitishda o‘z xissasini qo‘shmoqda. Misol uchun, 2012 yilgi U-16  O‘smirlar Osiyo  chempionatida O‘zbekiston bosh sovrinni qo‘lga kiritib xozirgi zamonaviy futbolimizdagi dastlabki g‘alabamizni nishonlashga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shundan so‘ng futbolimizda o‘zgarishlar ro‘y berdi va shu qatorida avlodlar almashinuvi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlarning natijasi 2018 yilning boshlarida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Aniqrog‘i 2018 yil boshlanishida U-23 yosh toifasidagi terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. Bu g‘alaba O‘zbekistonimiz halqi uchun unutilmas voqea bo‘ldi va butun O‘zbekiston bu g‘alabani juda katta tantana bilan nishonladi. Shunday ekan endi navbat Milliy terma jamoamizga , ular oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib 2019 yildagi Osiyo chempionatida munosib qatnashish bilan birga 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jaxon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda xalqimiz oldida yuzlari yurug‘ bo‘lishini chin qalbimdan tilayman. Chunki futbol millionlar o‘yini va O‘zbekistonimizdagi millionlab futbol muxlislari sizlarni qo‘llab-qo‘vvatlaydi   OLG‘A O‘ZBEK O‘G‘LONLARI, YUKSAK MARRALAR SARI OLG‘A!!!



Download 46,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish