Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ko‘pgina nazariy tadqiqotlar, xulosa va takliflar aniq uslubiy tavsiyalargacha yetkazildi hamda bu tavsiyalar mintaqa doirasida turizmni rivojlantirish uchun turizmni boshqaruv organlari va shahar ma‘muriyati tomonidan foydalanilishi mumkin. Ishning xulosa va tavsiyalari turizm sohasi nazariyasi hamda amaliyotdagi keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ishning natijalaridan oliy va o‘rta maxsus kasb ta‘lim tizimida turizm va xizmatlar sohasiga iqtisodchilar, menejerlar, marketologlar, turoperatorlarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |