ko‘p yillik daraxtlar — bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa o‘rmon daraxtlari;
ko‘chmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar;
kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;
maxsus inshootlar — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun alohida yer uchastkasida qurilgan muhandislik inshootlari majmuasi, jumladan temir va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, yer yuzasida, yer usti va yer ostida joylashgan magistral quvurlar, magistral kanal va kollektorlar;
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan va ularni qabul qilish dalolatnomasi tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanmagan bino va inshootlar.
2. Kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida tayyorlanadi.
3. Kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulk obyektining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va qiymati, shuningdek uning holatidagi joriy o‘zgarishlar haqidagi materiallar va ma’lumotlarni hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash yo‘li bilan tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘z ichiga olgan kadastr yig‘majildi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadi.
4. Kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq, yer uchastkasiga, bino va inshootlarga hamda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
bino va inshootlarga hamda ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlar sudning qaroriga muvofiq o‘tgan taqdirda, sudning qarori;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoridagi boshqa hujjatlar.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa, kadastr yig‘majildi tayyorlanmaydi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat ko‘rinishida ariza berishlari, kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirishlari, bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
7. Ariza kelib tushgan kunning o‘zida tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi bilan yuridik va jismoniy shaxs yoki ularning ishonchli vakillari o‘rtasida kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuziladi.
Kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Kadastr yig‘majildini tayyorlash kadastr obyektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 7 kungacha;
yakka tartibdagi turar joy — 10 kungacha;
ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 10 kungacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1000 kv.m. gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 15 kungacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m dan 5000 kv.m. gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 20 kungacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m dan 15000 kv.m. gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 25 kungacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m dan 50000 kv.m gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk — 30 kungacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m dan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk — 45 kungacha.
8. Kadastr yig‘majildi quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari;
bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari;
ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |