Nearktika omitofaunasida Palearktika va Neotropikaga o ‘xshash
ayrim xususiyatlar saqlanib qolgan. Ayniqsa, Palearktikaga o ‘xshash
bo ‘lgan suv va suv oldi qushlarining foizi yuqori k o ‘rsatkichni tashkil
etadi.
Ularga gagaralar, qo‘n g ‘irlar va o ‘rdaklami (yow oyi o ‘rdak,
suqsun, gaga) misol qilish mumkin. G ‘ozlardan Amerika oqqushi,
Kanada kazarkasi, chiroyli sanaladigan qirol o ‘rdagi endemiklar
sanaladi. Lochinsimonlardan burgut, qirg‘iy
va shumkar kabilar
uchraydi. Endemiklardan oqbosh burgut, shilliqxo‘r kalxat, six dumli
kalxat va tasqara tarqalgan. Subendemiklari indeykasimonlardan
tashkil topgan. Bu yerda Amerika kakkusi ham uchraydi va bu tur
uchun uya parazitizmi xos emas. U tuxumlarini o ‘zi bosadi va shu
xususiyati bilan Yevropa kakkularidan ajralib turadi.
Oblast janubida
Amerika tasqaralari, kolibrilar, tirannalar, tanagrlar va boshqa turlar
keng tarqalgan. Oblast shimolida Palearktikaga xos turlar (sviristel,
bi-giztumshuq, pishchuxa, chechetka) uchraydi.
Sudralib yuruvchilar faunasi o ‘z tarkibida haqiqiy kaltakesaklar va
qora ilonlaming yo‘qligi bilan ajralib turadi. Agamalar o ‘mida
iguana
lar tarqalgan. Zahartishlilar oilasi endemik sanaladi va ulaming tarkibi
ga jam i 2 tur kiradi. Mazkur turlar zahar bezlariga ega va ulaming za
hari inson uchun xavfli sanaladi. Ilonlaming ko‘pchiligi tipik Amerika
ga xos oila va avlodlarga tegishli vakillardan tashkil topgan. Nisbatan
xarakterli turlarga qalqontumshuq va shaqildoq ilonlami misol qilish
mumkin. Aspidlar kam, kobralar esa umuman uchramaydi. Bo‘g ‘ma
ilonlar (Kalifomiya bo‘g ‘ma iloni, rezina iloni) tropik bo‘g ‘ma ilonlarga
qaraganda maydaligi bilan ajralib turadi. Toshbaqalaming ko‘pchiligi
janubdan kirib kelgan kaymansimon va balchiq toshbaqalaridan tash
kil topgan. Qumqlik toshbaqalaridan goffer toshbaqasi
uchraydi va u
qumq, qumli yerlami tanlaydi hamda uzunligi 12 metr bo‘lgan uya qa
ziydi. Bunday uyalarda b a’zan qurbaqalar, ilonlar, quyonlar, opossum
lar va hatto yenotlar ham uchrab turadi. Goffer toshbaqalarining go‘shti
sifati b o ‘yicha yuqori baholanadi. Missisipi havzasida alligatorlaming
neotropik oila vakillaridan M issisipi alligatori uchraydi. U X itoy
alligatoriga qon-qarindosh tur bo‘lib, uzunligi 4 metrga yetadi.
157
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar orasida dumlilaming va
killari ko‘pchilikni tashkil etadi va ular Palearktika bilan uzviy alo
qada. Bularga yashirin jabralilar, ambistomalar, sirenlar,
haqiqiy va
o ‘pkasiz salamandralar kiradi. Amfiumlar oblastning janubida ya-
shaydi va endemik sanaladi. 0 ‘ziga xos tur sanalgan dumli qurbaqa
(Ascaphus truei) silliq oyoqlilar yoki leopelmidlar oilasiga tegishlidir.
Dumsizlardan tor og‘izli baqalar, kvakshalar, chesnochnitsa, baqalar
va haqiqiy qurbaqalar uchraydi.
Nearktika oblastining ixtiofaunasida
amiesimonlar yoki balchiq
baliqlari endemik turkumi uchraydi. Balchiq baliqlari eng tuban
baliqlar hisoblanadi. Subendemiklarga qalqonlilar (pansirlilar) turku
mi kiradi (qalqonli cho‘rtan). Lososlar, osyotrlar, cho‘rtanlar oilalari
mazkur oblastga Palearktika ixtiofaunasining urug‘doshlari sifatida
o ‘tib qolgan.
Tishli karplar, Amerika somlari, xaratsinalar Neotropi-
kadan o‘tgan turlardir. Afrika va Yevrosiyoda dominant turlar sanal
gan karplarning vakillari Nearktikada uchramaydi.
Nearktikaning umurtqasizlar faunasi ham Neotropik va Paleark
tika oblastlari bilan uzviy aloqada shakllangan. Chuchuk suv mol-
lyuskalaridan bir necha yuz turga ega bo‘lgan unionid oilasi xarakter-
li. Hasharotlardan qo‘ng‘izlar alohida ajralib turadi. Tangachaqanot
lilar asosan Palearktikadan kelib chiqqan kunduzgi turlardan tashkil
topgan. Tropik guruhga mansub bo‘lgan turlardan termitlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: