Kasb psixologiyasi fanining obyekti va predmeti
Psixologiyaga umumiy tarzda baho bersak - bu inson faoliyatini obyektiv reallik sifatida aks ettirish Qonunlari haqidagi fandir. Fandagi va amaliyotdagi differensial - integratsion jarayonlar psixologiyaning ko‘plab yo‘nalishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bulaming har biri o‘zining mummolarini yechadi, ulaming alohida vazifalari, metodlari va tushuntirib beruvchi tamoillari mavjud. Eng asosiysi fanning mustaqil yo‘nalishlari paydo bo‘lib ulaming o‘ziga xos predmeti mavjudligidir.
Ko‘plab psixologiyaga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan kasb psixologiyasi o‘z o‘zidan paydo bo‘lmadi. Balki u insoniyatni o‘z ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashash uchun boigan intilishlari bilan bog‘liq holda shakllanib bordi va o‘z mehnatini yengillashti- rish, ko‘proq hayot kechirish uchun imkoniyatlar izlanishining nati- jasi sifatida rivojlandi. Kasb psixologiyasi insonni mehnat qilishga, o‘z rizqini o‘zi topgan holda kelajagini qurish maqsadida shakllanib borgan uzoq tarixgaegabo‘lgan soha hisobanadi. Albattau insoniyat- ning keyingi tarixiy taraqqiyotida mustaqil soha sifatida shakllandi. Lekin ota - bobolarimiz yoshlami tarbiyalashda kasbning o‘mi haqida juda ko‘plab fikrlar aytib o'tganlar. Muqaddas “Avesto”da ham kasbni egallash to‘g‘risida fikrlar aytilgan. Bu qadimiy qo‘lyozmada yoshlar albatta kasbni egallashlari va boshqa odamlarga o‘z og‘irliklarini tashlamasliklari kerakligi ko‘rsatilgan. Bularda kasbga va insonga xos bo‘lgan psixologiya o‘z aksini topgandir.
Jamiyat yashashi uchun inson mehnat qilishi va o‘z ulushini jamiyatga qo‘shib borishi zarur bo‘ladi. Jamiyatga va uning Qo- nunlariga to‘g‘ri kelmaydigan daromad manbai bo‘lgan kasblar jazolanishi kerakligi ham tarixda yozib qoldirilgan va bu hozirda 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgandir. To‘g‘ri va halol topilgan manba insonni yaxshilikka olib keladi va u tarbiyalayotgan kelajak avlod ham o‘zining halol mehnati bilan jamiyat yashashiga hissa qo‘shadi deb ko‘rsatiladi.
Kasb psixologiyasi insoniyat mehnatini tashkil qilish bilan birga paydo bo‘lib to hozirgi zamonlarga etib keldi. Qadimgi zamonlar- dayoq insonni kasb tanlashi va uni ustasi bo‘lib yetishish masalasi dolzarb hisoblangan. Bu yerda inson va kasb o‘rtasidagi munosabat, kasbni yaxshilab egallash va insonlarga foydali bo‘lish masalasi juda dolzarb hisoblangan. Shu tariqa kasb psixologiyasining predmeti, ya’ni o‘rganish asoslari yuzaga chiqqan.
Kasb psixologiyasining predmeti - bu shaxsni kasbni egal- lashi bilan bog‘Iiq bo‘lgan o‘ziga xos tomonlari, Qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganish hisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasb psixologiyasi - bu amaliy psixologiyaning alohida yo‘nalishi bo ‘lib, shaxsni kasb tanlashining Qonuniyat- larini shakllanishini, kasb tanlashini, bu kasbni egallashini, kasb mutaxassisini shakllanishi, baholanishini va shu kasbni egasi bo ‘lishini, shuningdek kasbiy destrukturani o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Kasb psixologiyasini predmeti- bu shaxsni kasb tanlashi, o‘z kasbini yaxshi bilishga intilishi, insonni kasb tanlashiga sabab bo ‘luvchi motivlarni va о ‘zini yaxshi yashashi uchun intilishi kabi masalalarni o'rganish orqali namoyon bo'ladi. Insonni kasbni egallashi bilan bog ‘liq bo ‘Igan Qonunlarni, bu Qonunlarni ishlash mexanizmini, kasbga xos bo‘Igan shaxsni tarbiyalash, uning o'zi tanlagan kasbga bo ‘Igan munosabati kabi masalalarni о ‘rganish kasb psixologiyasining predmetiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |