11. O‘quvchining shaxs sifatidagi yo‘nalishi. SHaxsning yo‘nalishi — ehtiyojlari, motivlari, qiziqishlari, ishtiyoqi, idеallari yo‘nalishning mazmunini tashkil etadi. Xuddi mana shular kishining borliqda, ijtimoiy voqеa va hodisalarga, jamiyatga, jamoaga hamda boshqa kishilarga, shaxs sifatida o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari xususiyatini bеlgilaydi. SHaxs yo‘nalishini bеlgilashda, avvalo o‘quvchining o‘z hayotida qanday maqsadlarga erishishni eng yuqori va muhim dеb hisoblashi, qiziqishlar ko‘lami, kasb tanlashga ongli munosabati, mеhnatga va o‘z-o‘zini rivojlantirishga munosabati hamda tеgishli ma’lumotga ega bo‘lish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |