Bakterial rak (buqoq). Kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalar tokning
zanglarida va ildizga yaqin qismida yug‗onligi 10–15 sm. gacha bo‗lgan rak
shishlarini keltirib chiqaradi. Tokning rivojlanishi susayadi, ayrim zang va
novdalarni ba‘zan tok tupining o‗zini ham quritadi. Kuzda yaxshi yopilmagan va
sovuqlardan shikastlangan tokzorlar rak kasaliga ko‗proq chalinadi.
Kurash choralari. Bu kasallik odatda zararlangan toklardan tayyorlangan
ko‗chatlar orqali tarqaladi. Shuning uchun qalamchalar nihoyatda sog‗lom
tuplardan olinishi kerak.
Zararlangan novda va zanglar tokzordan olib chiqib tashlanadi va yoqib yuboriladi.
Bordo suyuqligi va ohak-oltingugurt qaynatmasi antraknoz kasalligiga qarshi
qanday qo‗llansa, rak kasalligiga qarshi ham shunday purkash sifati yuqori bo‗lishi
kerak.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |