bu kapillyar qon oqish hisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat
54
Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips
bog`lash orqali to`xtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni
o`ldiruvchi doka bo`lakchasi buklab qo`yilib uning ustiga vata qatlami qo`yiladida
bint bilan mahkam bog`lanadi.
Arteriyadan qon oqishi eng xavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda
qonni to`xtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib
bog`lash, agar bu bilan qon to`xtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak
bo`ladi (1, 2-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan
foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum
nuqtalardan tanaga mahkam qisib bog`lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan
qonlarni oqishini to`xtatish no`qtalari 20.5.-rasmda ko`rsatilgan.
Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`xtatishning eng muhim usuli
oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog`lash hisoblanadi. Jgutni
bog`lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. SHuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib
arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki
uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog`lanadi 3-rasm.
Jgutni qon to`xtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan
ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi
boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga
etkazish zarur bo`ladi.
1 2 3 4
7rasm. Arteriyadan okayotgan qoni to`xtatishda oyoqlarni maksimal egish;
1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
55
Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab
holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga
porolon yoki boshqa yumshoq moddiy qo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi
va u belning yuqori qismiga mahkam bog`lanadi.
Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda
jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib
mahkam bog`lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan
joylarni bog`lashda qulay va uni og`riqsizligini taminlashda yupka taxta, tayoqcha
va karton qog`ozlardan foydalaniladi va ularni bog`lash bint, qayish, ip va
boshqalar bilan amalga oshiriladi (4-rasm).
Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga o`xshashlardan
shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori
joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog`lashdan oldin qon
oqishini to`xtatish kerak.
8-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Umurtqada sinish ro`y berganda jarohatlangan odamni tag qismiga paner
yoki tenis yog`och qo`yish lozim (5.-rasm).
Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak.
Jarohatlangan kishining qovurg`asi singan (nafas olishda og`riq bo`lsa) nafas
chiqarishda ko`krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o`rash kerak bo`ladi.
Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko`rsatishga ruxsat
beriladi.
56
9-rasm. umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Jarohatlanganda lat egan shishgan joylar mahkam bog`lanadi va lat egan joy
sovo`tuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofida lat eyishi juda xavflidir. Bunday holda
jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalxonaga etkazish kerak.