205
2. Ovqat ratsioniga kiritilgan oziq moddalar o‘zaro
muvozanat-
lashgan holda bo‘lishi zarur. Mas., asosiy oziq moddalar (oqsil, yog‘,
karbonsuv) muvozanatlashtirilgan ovqatlanishda 1:1,2:4,6 nisbatda
bo‘lishi kerak.
3. Ovqat kun davomida to‘g‘ri taqsimlanishi zarur. Masalan, yil-
ning sovuq faslida 3 martalik ovqatlanganda kunlik energiyaning 30-
35% nonushtaga. 40-45% tushlikka va 25-30% kechki ovqatga ajratilishi
kerak. Yilning issiq faslida esa tushlik ovqatning energetik qiymati biroz
kamaytiriladi va nonushta hamda kechki ovqatning energiya qiymati
ko‘paytiriladi.
4. Kunlik ovqatlanishdagi ovqat mahsulotlari turli-tuman ya’ni xil-
ma-xil bo‘lishi va yuqori darajadagi organoleptik ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lmog‘i lozim ya’ni ularning tashqi ko‘rinishi, hidi, ta’mi, quyuq-
suyuqligi, harorati kabilar. Chunki bu ko‘rsatkichlar faqatgina shaxsning
ishtahasini ochibgina qolmay, balki iste’mol qilingan ovqatlarni to‘liq
hazm bo‘lishini ham ta’minlaydi.
5. Iste’mol qilingan ovqatlar odamda to‘yinish sezgisini chaqira ol-
sin, bu esa iste’mol qilinadigan ovqatning hajmigagina bog‘liq bo‘lmay,
balki uning tarkibiga va ishlov berilish turiga ham bog‘liqdir.
6. Aholini oqilona ovqatlanishini
tashkil etishgda yil faslini, milliy
an’analarni va urf-odatlarni inobatga olinishi zarur hisoblanadi.
7. Ovqat mahsulotlari organizm uchun zararsiz bo‘lmog‘i kerak.
Sanitar-epidemiologik nuqtai-nazardan ovqat tarkibida patogen mikrob-
lar va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar yoki boshqa ko‘rinishdagi
zaharli ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy birikmalar bo‘lmasligi kerak.
Oqilona ovqatlanishning asosi bo‘lib fiziologik ovqatlanish me’yor-
lari hisoblanadi. Barcha gigiyenik talablarga muvofiq keladigan amal-
dagi ovqatlanish va birinchi navbatda organizmning fiziologik
ehtiyojiga
mos keladigan ovqatlanishga adekvat ovqatlanish deyiladi.
Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini baholash uchun ko‘pincha
so‘rov usulidan foydalaniladi keyinchalik o‘rtacha kunlik
ratsionning
ozuqali qiymati va kaloriyaliligi hisoblab topiladi. Bu usulning mohiyati
shundan iborat-ki, bemor (yoki bir guruh aholi) dan so‘rash orqali o‘rta-
cha kunlik ovqat ratsionining to‘plami va iste’mol qilingan
ovqatlarning
miqdori aniqlanadi va taomnoma tuziladi. So‘ngra ovqat mahsulotlari-
ning kimyoviy tarkibini ifodalovchi maxsus jadval yordamida ratsionda-
gi oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral moddalar miqdori
topiladi, keyin olingan ma’lumotlarni ovqatlanishning
fiziologik
206
me’yorlari bilan taqqoslanadi. Shunday qilib, shaxsiy ovqatlanishning
fiziologik ovqatlanish me’yorlariga muvofiqligini baholash quyidagi
bosqichlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Hafta kunlari bo‘yicha iste’mol qilingan ovqatlanishning xarakte-
ri haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, o‘rtacha kunlik ovqat mahsulotlari-
ning to‘plami va miqdorini hisoblash;
2. Kunlik ovqat ratsionidagi ozuqali moddalar va ratsionning
energetik qiymatini inobatga olib, mahsulotlar ko‘rsatilgan taomnoma
tuziladi.
3. Olingan ma’lumotlar ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan
taqqoslanadi.
Ovqatlanishdagi milliy urf-odatlar, yil
fasllari va boshqalarni
hisobga olib, ovqatlanish tartibi bo‘yicha ovqat mahsulotlarining oqilona
taqsimlanganligi haqida fikr yuritish uchun 1-3 kun ichida amaldagi
ovqatlanish sifatini tahlil qilish mumkin. Buning uchun quyidagi shaklda
taomnoma tuziladi:
6.4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: