262
Changning kimyoviy tarkibi katta
gigiyenik ahamiyatga ega, chunki
chang organizmga ta’sir ko‘rsatish xarakteri unga bog‘liqdir: fibrogenli,
qo‘zg‘otuvchi yoki qichituvchi, toksik (zaharli), allergenli ta’sirlar.
Fibrogenli ta’siri: Changga oid patologiya va eng ko‘p va og‘ir ke-
chadigan kasb kasalliklariga kiradi. Spetsifik va nospetsifik changga oid
patologiya shakllarini farqlash mumkin. Birinchi guruhga pnevmoko-
niozlarni kiritish mumkin (pnewmo-o‘pka, conios-chang). Changlarning
turiga qarab quyidagi pnevmokonioz turlarini ajratish mumkin: silikoz
(o‘z tarkibida ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar), silikatozlar
(tarkibida bog‘langan kremniy oqsilini tutuvchi changlar), antrakoz
(ko‘mir changi), metallokoniozlar (metall changlari);
Organik changlardan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar: bissinoz
(paxta, zig‘ir, kanop changlari), bagassoz (shakar qamishi changi), fer-
merlar o‘pkasi (qishloq xo‘jaligiga doir changlar va ular tarkibida
bo‘ladigan mog‘orlar) va b. Pnevmokoniozlarning eng ko‘p
tarqalgan
shakli ko‘z hisoblanadi, bu kasallikning kelib chiqish tezligi changning
havodagi konsenratsiyasigagina bog‘liq bo‘lmay, balki uning organi-
zmga ta’sir etish
muddatiga, chang tarkibidagi ozod kremniy oksidining
foizdagi miqdoriga bog‘liqdir. Shuning uchun “zaharsiz” bo‘lgan
changlarga gigiyenik me’yor ishlab chiqishda uning tarkibidagi ozod
kremniy oksidining foizdagi miqdori inobatga olinadi.
Pnevmokoniozlarning kelib chiqishi asosida o‘pka alveolalari devo-
riga o‘tirib qolgan chang zarrachalari atrofida biriktiruvchi to‘qimalar-
ning paydo bo‘lishi yotadi. Alveolalargacha
yetib borishi xususiyatiga
faqat mayda yoki kichik dispersli changlargina egadir, shuning uchun
ular o‘rta va katta dispersli changlarga nisbatan xavfli hisoblanadi. O‘rta
va katta dispersli changlar yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarida
ushlanib qoladi. Ultra kichik dispersli changlar esa havo muhitida
harakatida bo‘lib
muallaq holda suzib yuradi, shuning uchun ular ham
o‘pka alveolalari devorida ushlanib qolmaydi. Nospetsifik changga oid
patologiya - bular juda ko‘p uchraydigan kasalliklar hisoblanib, kelib
chiqishi bo‘yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning kelib
chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o‘taydi. Ularning
ichida eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lganlari:
bronxitlar, laringitlar,
faringitlar, anginalar, kon’yunktivitlar, dermatitlardir.
Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy
tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
263
- changlarga gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi
havosining changlanganlik darajasini nazorat qilishdir. O‘z tarkibida
70% dan ortiq ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun REK 1
mg/m
3
, 10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar
uchun - 2 mg/m
3
, 10% kam ozod kremniy oksidini tututvchi changlar
uchun -4, 6, 10 mg/m
3
(changning boshqa xususiyatlarini hisobga olib);
- texnologik tadbirlar; ko‘pincha chang hosil bo‘lishiga
doir texno-
logik jarayonlardagi ishlarni xo‘llash (xo‘llash usulida ishlov berish)
foydalaniladi;
- sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jihozlarni izolyatsiya-
lash, xonalarga mahalliy va umumiy shamollatish moslamalarini o‘r-
natish;
- chang konsenratsiyasini REK miqdorigacha pasaytirishning imko-
niyati bo‘lmagan taqdirda ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan
ta’minlanishlari shart - changga qarshi respiratorlar (“Lepestok”, “Astra”
turkumidagi) va shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi;
- ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab
turish yoki pnevmo-
vositalar yordamida changlardan tozalash;
- havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar
uchun ish tugaganidan so‘ng ishqoriy ingalyatsiyalarni olish
tavsiya
etiladi;
- ishchilarni har yili tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish.
Do'stlaringiz bilan baham: