F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Toshkent shahrida yashovchi maktab  o‘quvchilarida



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Toshkent shahrida yashovchi maktab  o‘quvchilarida 
aniqlangan O‘TS (millilitrlarda) [G.I.Shayxova, 2005] 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bolaning 
yoshi 
O‘g‘il bolalar 
Qiz bolalar 





1676 
301 
1474 
280 

1802 
374 
1632 
359 
10 
2000 
360 
1903 
409 
11 
2230 
410 
2120 
384 
12 
2480 
380 
2223 
435 
13 
2620 
550 
2606 
423 
14 
3250 
677 
2730 
496 
15 
3670 
729 
3022 
433 
16 
4170 
630 
3051 
458 
17 
4153 
614 
3064 
403 


232 
 
Qo‘lning mushak kuchi 
 
Qo‘lning  mushak kuchi mushaklar rivojlanish darajasini belgilaydi 
va qo‘l dinamometri yordamida o‘lchanadi.  Bunda tekshiriluvchi tik 
turib  qo‘lini  yon tomonga keng yoyadi va kaftlarida dinamometrni bor 
kuchi bilan siqadi. Tekshiriluv 2-3 marta  o‘tkaziladi va eng katta 
ko‘rsatkich  kilogrammlarda yozib olinadi. 7.4.2-jadvalda maktab 
o‘quvchilarining qo‘l mushak kuchining ko‘rsatkichlari keltirilgan. 
 
7.4.2-jadval   
Toshkent shahri maktab o‘quvchilarining qo‘l mushak kuchi (kg) 
[G.I.Shayxova, 2005] 
Bola 
ning 
yoshi 
 
 
 
 
O‘g‘il bolalar 
Qiz bolalar 
O‘ng qo‘l 
Chap qo‘l 
O‘ng qo‘l 
Chap qo‘l 









16,4 
3,6 
15,5 
3,1 
13,8 
2,5 
12,9 
2,4 

19,6 
3,3 
18,0 
3,4 
15,3 
2,7 
14,6 
2,6 
10 
21,3 
3,4 
19,5 
3,3 
16,3 
3,4 
15,1 
3,1 
11 
26,2 
3,9 
21,5 
3,4 
19,0 
3,6 
17,7 
3,4 
12 
27,0 
5,8 
24,1 
4,2 
21,1 
4,7 
21,1 
4,7 
13 
27,3 
5,3 
24,8 
5,3 
25,1 
5.0 
22,9 
4,1 
14 
32,8 
6,6 
29,0 
6,2 
25,4 
4,8 
3,3 
4,2 
15 
39,0 
9,0 
34,2 
7,5 
27,2 
4,8 
23,8 
4,1 
16 
43,6 
7,4 
38,9 
6,9 
27,8 
4,9 
24,9 
4,9 
17 
47,1 
7,0 
40,6 
5,9 
29,2 
4,8 
26,1 
4,6 
 
 
Somatoskopiya 
 
Somatoskopiya  tadqiqotlari  kunduzgi  yorug‘  paytda, xona harorati 
kamida 18-20
0
C    darajada  issiq bo‘lganda  o‘tkaziladi.   Somatoskopik 
belgilar tavsiflash orqali ifodalanadi, jinsiy yetilish belgilari esa formula 
yordamida ifodalanadi. O‘g‘il  bolalar uchun bu formulaga ko‘pincha 
qov va qo‘ltiq ostidagi tuklarning  o‘sganlik darajasini (mas., R
o
, Ax
1
 
ko‘rinishida, bu demak tekshiriluvchi bolada qov sohasida tuklar hali 
chiqmagan, qo‘ltiq ostida esa, 1 darajali ya’ni bitta-yarimta  o‘sish bor 
deganidir). Qiz bolalarning jinsiy rivojlanishini ifodalashda ko‘krak 
bezining rivojlanganligi, mensiruatsiya siklining boshlanish vaqti-
menarxe qo‘shiladi (mas., R
2
, Ax
2
 Ma
2
, Me
13
 - bu degani, tekshiriluvchi 
qiz bolada qov va qo‘ltiq osti sohasida 2 darajalik rivojlanish, sut bezi 


233 
 
ko‘krakdan ko‘tarilgan, menstruatsiya esa 13 yoshdan boshlangan 
demakdir). 
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ba-
holash jismoniy rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali bajariladi. 
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish standartlari  bola-
larning jinsi, yoshi, millati va yashash joyiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning 
uchun jismoniy rivojlanish holati haqida xulosa chiqarish, masalan agar 
shahar sharoitidagi bola uchun qishloq joylarida yashaydigan  bolalar-
ning standartlari bilan taqqoslansa, olingan natija  noto‘g‘ri hisoblanadi. 
Jismoniy rivojlanish standartlarini tayyorlash uchun tekshirishlar 
o‘tkaziladi, olingan natijalarni matematik ishlovdan o‘tkaziladi. Buning 
uchun tekshirishdan kam deganda har bir jins va yosh, bir xil millat va 
bir joyda yashaydigan 100 nafar  bola  o‘tishi kerak bo‘ladi. Jismoniy 
rivojlanish standartlarini ishlab chiqish uchun olingan ma’lumotlar 
statistik ishlovdan o‘tkazish usuli va olingan standartlarning qiymatlari 
yoki regressiya shkalasi, yoki sentil shkalasi, yoki biologik rivojlanish 
standartlari ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. 
  Jismoniy rivojlanishni shaxsiy tarzda baholash  uchta usulda baja-
rilishi mumkin, ammo ilgari bunday baholashlar 4 usulda amalga oshi-
rilar edi: regressiya shkalasi bo‘yicha, kompleks sxema bo‘yicha, sentil 
shkalasi bo‘yicha (sigmali og‘ish usuli - 4- usul). 
Regressiya shkalasi bo‘yicha baholash. Regressiya shkalasi vazn va 
KQA qiymatlarining o‘zgarishini bo‘y ko‘rsatkichi 1 sm ga o‘zgarishini 
hisobga olgan holda baholaydi, ya’ni bu usulda rivojlanishni belgilovchi 
ko‘rsatkich bolaning bo‘yi hisoblanadi.  Jismoniy rivojlanishni shaxsiy 
tarzda baholash tartibi: 
-  bolaning aniq tug‘ilgan vaqti va tekshirishdan o‘tkazilgan vaqtini 
hisobga olib, shunga muvofiq regressiya shkalasi topiladi; 
-  jins, yosh, millati va yashash joyiga muvofiq bo‘lgan regressiya 
shkalasi topiladi; 
-  bo‘yni hisobga olish bilan bolanng rivojlanishi qaysi qiymatlarga 
to‘g‘ri kelishi aniqlanadi (o‘rtacha, o‘rtachadan yuqori, o‘rtachadan past 
va h.k.); 
-  shkala bo‘yicha shu bo‘yda vazn va KQA qanday bo‘lishi kerak-
ligi topiladi (M ± d); 
- vazn va KQA uchun Dd (sigmali og‘ish) qiymatini aniqlash.  
Masalan, bolaning amaldagi vazni 30 kg, jadval bo‘yicha vazn 32,1 
±3,1, demak,  vazning sigmali og‘ishi = (32,1-30) : 3,1 = 0,7. Agar sig-


234 
 
mali og‘ishning qiymati  ±1 sigma atrofida bo‘lsa, u holda jismoniy 
rivojlanish garmonik hisoblanadi; sigmali og‘ish  ±1,1 dan ±2 sigma-
gacha bo‘lsa disgarmonik, ±2 sigmadan ortiq bo‘lsa keskin disgarmonik 
deb baholanadi. 
Bolaning shaxsiy kartasiga rivojlanish darajasi va garmonikligi haq-
idagi xulosa yozib qo‘yiladi. Masalan, “rivojlanish  o‘rtacha garmonik” 
yoki  “rivojlanish  o‘rtachadan past disgarmonik bo‘lib, KQA kichikligi 
hisobiga”,  yoki  “ortiqcha vazn hisobiga rivojlanish o‘rtachadan yuqori 
disgarmonik” kabi. 
Jismoniy rivojlanishni kompleks sxema bo‘yicha baholash. Jismoniy 
rivojlanishni regressiya usulida baholaganda faqat uchta rivojlanish 
ko‘rsatkichidan foydalanildi (bo‘y, vazn, KQA), bunday baho bolaning 
yoshga oid biologik rivojlanishiga muvofiq darajada ekanligini baho-
lashga imkon bermaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy rivojlanishiga 
chuqqurroq baho berish kerak bo‘lganda kompleks sxemadan foydalani-
ladi. Bu usulda bolaning morfo-funksional rivojlanishi regressiya shka-
lasi bo‘yicha, biologik rivojlanish darajasi esa - amaldagi fiziometrik va 
somatoskopik ko‘rsatkichlarni, shu yosh, jins, millat, yashash joyi uchun 
ishlab chiqilgan rivojlanish standartlari bilan taqqoslash orqali 
baholanadi. 
 Ko‘proq quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash qabul qilingan: 
bo‘yning yillik qo‘shilishi,  o‘ng  va chap qo‘l mushaklarining kuchi, 
o‘pkaning tiriklik sig‘imi, doimiy tishlar soni, jinsiy rivojlanish for-
mulasi. 
Bolaning shaxsiy kartasiga ham morfo-funksional rivojlanish, ham 
biologik rivojlanishning yoshga muvofiqlik darajasi yozib qo‘yiladi. 
Mas., morfofunksional rivojlanish ortiqcha vazn hisobiga disgarmonik, 
biologik rivojlanish mushaklar kuchi va o‘pkaning tiriklik sig‘imi 
hisobiga orqada qolgan.  
Sentil shkalasi.  Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashdagi 
zamonaviy usullardan biri sentil shkalasi bo‘yicha baholash hisoblanadi. 
Sentil shkalasi  bu jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining qayta-
rilish sonini hisobga olgan holda taqsimlanishidir (foizlarda, sentil so‘zi 
ham shundan kelib chiqqan ya’ni procentum). Bu ko‘rsatkichlar bolalar-
ning jinsi, yoshi, millati va yashash joylariga bog‘liq holda qaytariladi-
gan qiymatlar hisoblanadi. Kuzatiladigan hamma qiymatlar birnechta 
zonaga bo‘lingan (6 ta yoki 8). Amaldagi ma’lumotlarni baholashdan 
o‘tkazishda  o‘rganilayotgan  belgilarning qiymatlari  qaysi zonaga 


235 
 
yaqinroq joylashganligini aniqlash kerak bo‘ladi. Ana shu zonalarning 
raqamlariga bog‘liq holda jismoniy rivojlanishni baholash amalga 
oshiriladi. Agar tekshirilayotgan ko‘rsatkichlar: 
- 1- zonaga joylashsa - jismoniy rivojlanish juda past deb baholanib, 
tor soha mutaxassislari tomonidan chuqur tekshirishdan o‘tkazish 
kerakligi haqida xulosa chiqariladi (endokrinologning tekshirishigacha 
borishi mumkin); 
-  2  -  zona  -  jismoniy rivojlanish past, bunda bola organizmida su-
runkali kasallik borligini aniqlash uchun chuqurlashtirilgan ko‘rikdan 
o‘tkazish tavsiya etiladi; 
- 3 - zona - jismoniy rivojlanish o‘rtachadan past - bunda bolaning 
tez-tez kasallanishi mumkinligiga e’tibor qaratish talab etilib, bola 
organizmini sog‘lomlashtirish tadbirlarini belgilash lozim
- 4 - 5-zona - bolaning rivojlanishi o‘rtacha - maxsus kuzatish talab 
etilmaydi; 
- 6 - zona - bolaning rivojlanishi o‘rtachadan yuqori - maxsus nazo-
rat qilish talab etilmaydi; 
- 7 - zona - rivojlanish yuqori, e’tibor qaratish kerak; 
- 8 - zona - rivojlanish juda yuqori, endokrinolog maslahat talab eti-
ladi. 
Sentil shkalalari bo‘yicha baholashda uchta ko‘rsatkich (belgi) - 
bo‘y, vazn, KQA asosida bolaning rivojlanish somatotipi aniqlanadi, 
buning uchun tekshirilayotgan uchta ko‘rsatkichning qiymatlari qaysi 
zonaga to‘g‘ri kelishiga muvofiq, shu zonalarning raqamlari qo‘shiladi. 
Agar olingan qiymat yig‘indisi 10 dan kam bo‘lsa - mikrosomatotip, 11-
16  –  mezasomatotip, 16 dan ko‘p bo‘lsa  -  makrosomatotip deb baho-
lanadi. 
Uchala  ko‘rsatkichlarning zona raqamlari o‘rtasidagi farq “1”  dan 
ortiq bo‘lsa bolaning rivojlanishi disgarmonik deb baholanadi. 
Shunday  qilib, sentil shkalasi bo‘yicha baholash bir qator ustun-
liklarga ega: 
-hisob-kitob qilishga hojat yo‘q; 
-rivojlanish darajasi va garmonikliknigina emas, balki har bir bolaga 
nisbatan vrachning taktikasini ham belgilash mumkin; 
  Bolalar va o‘smirlarning  jismoniy rivojlanish darajasi va garmo-
nikligi ularni maktablarda tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya darslarini 
tashkil qilishda guruhlarni aniqlash uchun zarurdir. O‘quvchilarning 


236 
 
salomatlik holatlari va jismoniy rivojlanish darajalariga bog‘liq holda 
ular uch guruhga bo‘linishi mumkin: 
1 guruh - asosiy guruh - jismoniy rivojlanishida hechqanday og‘ish 
bo‘lmagan amaliy sog‘lom bolalar; 
2 guruh - tayyorlov - o‘tkir kasallikni o‘tkazgan bolalar bo‘lib, jis-
moniy rivojlanishdagi siljishlarni yo‘qotish mumkin; ana shu siljishlarni 
izga soluvchi mashqlar bilan shaxsiy mashg‘ulot  o‘tkazish (engillash-
tirilgan yoki kuchaytirilgan mashqlar). Bunday bolalarni turli musobaqa-
larda qatnashishi faqat vrach ruxsati orqali amalga oshiriladi. Guruhda 
mashg‘ulotlarni  o‘tkazishning asosiy maqsadi -  bu bolalarni asosiy 
gruhga o‘tkazish hisoblanadi; 
3 guruh - maxsus - surunkali kasalligi bor yoki jismoniy rivojlanish-
dagi og‘ishlarni orqaga qaytarish mumkin bo‘lmagan holatdagi bolalar, 
Bunday bolalar bilan shaxsiy dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar  o‘tkazish 
rejalashtiriladi. Bunday bolalar imkoniyati cheklangan tengdoshlari 
qatori huddi shunday bolalar bilan musobaqalashishi mumkin. 
Bolalar va o‘smirlarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar birlam-
chi hujjatlar va 26-hisob  shakli  –  bolaning individual kartasi, 25-hisob 
shakli  –  o‘smirning tibbiy kartasiga davolash profilaktik muassasaning 
hisobot hujjatlarida keltirilgan bo‘ladi. 
Hozirgi kunda bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini baholash 
S.M. Grombax tomonidan tavsiya etilgan 4 ta mezon asosida olib bori-
ladi: 
1. Tekshiruv davrida surunkall kasalliklarning borligi yoki yo‘qligi; 
2. Organizm asosiy tizimlarining funksional holati erishgan darajasi
3. Organizmning  noxush  ta’sirlarga   qarshilik  ko‘rsatish  darajasi; 
4. Erishilgan jismoniy rivojlanish darajasi va uning uyg‘unligi. 
Taklif etilgan sxemaga muvofiq, bolalar va o‘smirlar salomatlik 
holati hisobga olinib, beshta salomatlik guruhiga bo‘linadi: 
Birinchi guruh –  amaliy sog‘lom bolalar, bular surunkali kasallik-
larga chalinmagan, o‘z yoshiga mos ravishda uyg‘un jismoniy rivojla-
nishga va me’yoriy funksional ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bolalar. 
Ikkinchi guruh –  amaliy sog‘lom bolalar, lekin morfologik yoki 
funksional siljishlarga ega, tez-tez kasal bo‘ladigan bolalar. Bu guruhga 
yengil miopiyasi bo‘lgan, qomatning tuzilishida nuqsonlari, yassi 
tovonlik bilan og‘rigan va h.k. bolalar kiritiladi. 
Uchinchi guruh –  kompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga 
chalingan bolalar (surunkali tonzilit, revmatizmning noaktiv davri va 


237 
 
h.k.), organizm ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tug‘ma yoki 
orttirilgan jismoniy nuqsonlari bor bo‘lgan bolalar. 
To‘rtinchi guruh –  subkompensatsiya davridagi surunkali kasallik-
larga chalingan bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar tashkillashtirilgan 
bolalar muassasalariga borishadi. 
Beshinchi guruh – dekompensatsiya davridagi og‘ir surunkali kasal-
liklarga chalingan kam harakat nogiron bolalar. Bu guruhga kiritilgan    
bolalar o‘quv-tarbiya muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega emaslar.  
U.A. Karimov (1994) O‘zbekiston miqyosida, kichik yoshdagi bola-
larni  salomatlik guruhlariga taqsimlashda  II  guruhni alohida uchta 
guruhchalarga bo‘lishni amaliyotga tavsiya qiladi: 
II  -  A guruh –  ayrim a’zo va tizimlarni hamda butun organizm ish 
faoliyatini me’yorda kechishiga xalaqit bermaydigan ayrim morfologik 
nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar. 
II  -  B guruh kasalliklarni rivojlanishiga imkon beradigan turli xil 
ijtimoiy gigiyenik va boshqa tavsifdagi salbiy omillarga ega bo‘lgan 
bolalar. 
II - D guruh tez-tez kasal bo‘ladigan bolalar. 
Atrof - muhitning turli xil omillari bolalar salomatligiga ta’sir ko‘r-
satadi, shulardan ko‘pchiligi  xavf tug‘diruvchi omillar hisoblanib, ular 
bolalar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar aholisi salomatlik 
holatiga ta’sir etuvchi muhim omillar uch guruhga bo‘linadi: 
- turmush tarzi; 
- atrof - muhit holati; 
- biologik. 
Ijtimoiy va atrof-muhit omillari biologik (shu jumladan, nasliy) 
omillar bilan birgalikda ta’sir ko‘rsatadi. Bu odam kasallanishining 
atrof-muhit omillariga, shuningdek,  o‘sish va rivojlanishning biologik 
qonunlari va genotipiga uzviy bog‘liq.  
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST, 2005)  ma’lumot-
lariga ko‘ra inson salomatligining shakllanishida ijtimoiy omillarning 
ta’siri 50% ni, biologik omillar –  taxminan 20%, antropogen omillar – 
taxminan 20%, tibbiy ta’minlanganlik –  10% ni tashkil etadi. Biroq bu 
ko‘rsatkichlar shartli, o‘rtacha hisoblanib, o‘sish va rivojlanishning yosh 
xususiyatlarini alohida davrda patologiyalarning tarqalganligini va xavf 
tug‘diruvchi omillar ta’sirini hisobga olmaydi. Atrof-muhitning xavf 
tug‘diruvchi omillarining ta’sir kuchi turli yosh va jinsda turlicha 
bo‘ladi. 


238 
 
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning salomatlik holatiga ta’sir etuvchi 
ijtimoiy omillar orasida oila tarkibi va ota-onaning bilimdonligi katta 
ahamiyatga ega bo‘lsa, 1-4 yoshda bu omillarning ta’siri kamayadi, bi-
roq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin bu yoshda yashash 
sharoiti va oila daromadi, uyda parranda va uy hayvonlarining boqilishi, 
shuningdek, oila a’zolarining chekishi katta o‘rin tutadi. Bolaning 
maktabgacha bolalar muassasalariga (MBM) qatnashi 1-4 yoshda mu-
him ahamiyat kasb etadi. 7-10 yoshda   yashash sharoiti, hayvonlarning 
boqilishi va chekish bolalar salomatligi shakllanishida katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, o‘suvchi organizm salomatlik holatiga va rivoj-
lanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik omillarni shartli ravishda mu-
qobil (ijobiy) va nomuqobil (salbiy) guruhlariga ajratish mumkin. (7.4.3-
jadval). 
                                                                                                 7.4.3-jadval  

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish