Ezilish sindromi sabablari belgilari va tez yordam



Download 17,79 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi17,79 Kb.
#683176
1   2   3
Bog'liq
Ezilish sindromi sabablari belgilari va tez yordam

Davolash. Statsionar sharoitida intoksikatsiyaga qarshi ko'p suyuqliklar ichirish va sutkasiga 3-4 litrgacha qon o'rnini bosuvchi poliglyukin, reopoliglyukin, 5%li glyukoza, plazmalar yuboriladi. Suyuqliklarni quyish diurezni nazorat qilish bilan olib boriladi. Agarda diurez 40-50 ml(soat bo'lsa, yuborilayotgan suyuqlik miqdori ko'paytiriladi, kam bo'lsa, sutkasiga 500-1000 ml gacha kamaytiriladi. Ikki tomonlama buyrak atrofiga, hamda qisilgan joy yuqorisiga novokaindan blokada qilinadi. Dastlabki 3-4 kun ichida yurak-qon tomirlari va nafas olishni yaxshilaydigan preparatlar, «V» va «S» vitaminlar grupppasidan yuboriladi.
Buyrak yetishmovchiligida gemodializ kerak bo'ladi.
Ikkilamchi qisilishlarni kamaytirish maqsadida tomirlar, nervlar, muskullarni ozod qilish uchun fastsial qavatlarni keng ochish tavsiya etiladi. Agarda oyoq-qo'l yashash qobiliyatini yo'qotgan bo'lsa, dastlabki amputatsiya qilinadi.
Kechki davolarda travmatik nevritlar va kontrakturalarni davolash uchun issiq muolajalar, davolash gimnastikasi va massaj qo'llaniladi.
Travmatik asfiksiya (bo'g'ilish). Travmatik bo'g'ilish ko'krak qafasining og'ir yuk ostida qolib ezilishi natijasida kelib chiqadi. Bunda nafas olish og'irlashadi, pulьs tezlashib, yuz, bo'yin, ko'krak qafasi sohasidagi teri to'q ko'kish rangga kiradi. Ko'z sohasiga qon quyiladi, yuzda shish paydo bo'ladi, oqibatida bemor hushini yo'qotadi.
Birinchi yordam ko'rsatish:
1) bosib turgan predmetni olib tashlash;
2) siqayotgan kiyimlarni bo'shatish;
3) kislorod berish;
4) kamfora, kofein, morfin in’ektsiya qilish.
Sun’iy nafas oldirish aslo mumkin emas. Bemorni tezlikda kasalxonaga jo'natish kerak, u yerda bemor yotqizib qo'yiladi, kislorod beriladi va og'riqni qoldiruvchi dorilar in’ektsiya qilinadi hamda shokka qarshi choralar ko'riladi.
2. Sovuq oldirish belgilari va tez yordam ko'rsatish
Sovuq olish yoki urish deb past haroratlar ta’sirida to'qimalarda kelib chiqadigan reaktiv yallig'lanishga aytiladi. Sovuq oldirishning asosiy va yagona sababi, past haroratning to'qimalarga uzoq ta’sir etishi hisoblanadi. Lekin sovuq urishida haroratning pasayishiga imkon yaratuvchi omillar asosiy rolь o'ynaydi. Meteorologik omillar orasida sovuq oldirishni osonlashtiradigan namlik ma’lum ahamiyatga ega.
Harorat 00 dan past bo'lganida badanni sovuq oladi, lekin namlik vaqtida, harakatlar cheklangan, qon aylanishi buzilganida badanni sovuq oladi, lekin namlik vaqtida, harakatlar cheklangan, qon aylanishi buzilganida harorat 00 dan yuqori ((5-80) bo'lganida ham badanni sovuq olishi mumkin.
Sovuq olishning sabablari turli-tuman. Ortiqcha namlik, uzoq vaqt sovuq ta’sir etishi, tor va ho'l poyabzal kiyish, kiyim ho'l bo'lib qolganda, uzoq qimirlamay turganida badanini sovuq olishi oson. Sovuq oldirishning boshqa omillari orasida organizmning umumiy qarshiligi katta rolь o'ynaydi. Bemorning
kam harakatligi es-hushining pasayishi, har xil ekstremal holatlari (og'ir shikastlanish), charchash, holdan ketishi, avitaminoz, infektsion kasalliklar sovuq olishiga moyil qilib turadi.
Sovuq olishining patogenezida arteriyalardan qon kelib turishi buzilishi to'qimalarga kislorod kelishi kamayishi natijasida to'qimalarda ishemiya boshlanishi asosiy ahamiyatga ega, buning oqibati o'laroq to'qimalar nevrozga uchraydi. Ko'pincha badanning ochiq joyini, qo'l va oyoqlarni, quloq va burunni sovuq oladi. Sovuq olganda bemor oldin sovqotadi, keyin og'riq sezmaydigan bo'lib qoladi, sovuq urgan yer hech narsani sezmaydi. To'qimalarning halok bo'lishi, yallig'lanishiga xos belgilar keyinroq, to'qimalar isigandan so'ng ko'zga tashlanadi. Shuning uchun sovuq urishning darajasi 2-3 sutkadan keyin ma’lum bo'ladi. Sovuqdan zararlanish holatiga ko'ra sovuq oldirish 4ta darajaga bo'linadi.
1-darajali sovuq olishi. Yashirin davri qisqa, qon aylanishining buzilishi tabiatdan qaytaruvchan bo'ladi. Shikastlangan odam badanining sovuq olgan joyi og'riyotgani, qichishayotgani, achishayotganidan noliydi, keyin sezuvchanligi yo'qolib qoladi. Teri ko'karib turadi, ba’zan marmarga o'xshagan yoki ola-bula bo'lib qoladi (oqarib turgan terida qizil, ko'k, binafsha rang dog'lar paydo bo'ladi). Bir necha kundan keyin teri odatdagi ko'rinishiga kiradi, ba’zan sal ko'kimtir bo'lib qoladi. Shu joy sovuq ta’siriga juda sezgir bo'lib qolishi mumkin.
II- darajali sovuq olishi. Yashirin davri nisbatan uzoqroq bo'ladi. Shoh qatlami yoki yuzadagi so'rg'ichsimon-epitelial qatlami o'lib ketadi. Sovuq olgan joyda epidermis ajralishi va tagida ekssudat to'planishi tufayli qavarchiqlar paydo bo'ladi (pufakchalar). Jarohat yuzasi mexanik va kimyoviy ta’sirotga juda sezgir bo'ladi. Qavarchiqlar atrofidagi teri ko'kimtir tusga kiradi, sezuvchanligi buzilgan bo'ladi. Bu o'zgarishlar tabiatan qaytuvchan bo'lib, terining o'suvchi qatlami shikastlanmaydi, shu munosabat bilan terining normal tuzilishi tiklanadi. Tirnoqlar yana o'sib chiqadi. Sovuq urgan joy infektsiyalangan bo'lsa, regeneratsiya protsessi cho'zilib ketishi mumkin.
III- darajali sovuq olishi. Yashirin davri uzayib nekroz terining pastki qatlamlari yoki teri osti yog' kletchatkasiga ham o'tadi. Shikastlangan joyda gemorragik suyuqlik bilan to'lib turadigan qavarchiqlar paydo bo'ladi. Qavarchiqlar tubi mexanik ta’sirotni sezmaydi. Sovuq urgan to'qimalar 5 kundan keyin tushib keta boshlaydi, et bita boshlaydi, chandiq hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Tushib ketgan tirnoqlar qayta o'sib chiqmaydi. Zararlangan joyni tuzalish protsessi 22 oygacha davom etib borib mexanik va termik ta’sirlanishlariga sezuvchan bo'lmaydi.
IV darajali sovuq olishi. Sovuqning davomli ta’siridan kelib chiqadi. Zararlanish suyaklar va bo'g'imlargacha yetadi. Terining harorati reaktiv davrining dastlabki soatlarida pasaygan bo'ladi. Sirtdan zararlangan segment birdan ko'kimtir tusga kiradi. Shishning rivojlanishi 1-2 soat ichida ro'y beradi. Odatda shish oyo qo'lning yuqori qismlari tomon ko'paya boradi. Sovuq urgan to'qimalada quruq gangrena boshlanadi yoki infektsiya qo'shiladigan bo'lsa, xo'l gangrena avj oladi. Og'riq muskul sezuvchanligi bilan taktil sezuvchanligi mutlaqo yo'qolib ketadi. O'lgan to'qimalar tushib ketganidan keyin chandiqlar hosil bo'ladi.

Download 17,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish