Ey, farzand!
Alloh bergan ne’matlar uchun Allohga ko‘pdan ko‘p shukr etish kerak. Ko‘rnamaklik qilmaslik lozim.
Muso (a.s.) Allohga iltijo qildi:
«Allohim! Odamlarga qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq kabi ne’matlar berdingki, sanagan bilan tugamaydi. Inson bularning qay birining shukrini o‘rniga qo‘ya olishi mumkin? Bu mashaqqatli bir narsa, qiyin ish».
«Alloh shunday marhamat etdi:
«Ey, Muso! Qulim bergan ne’matlarimni o‘zidan emas, Mendan ekanini bilsa, bergan ne’matlarimning shukrini o‘rniga qo‘ygan bo‘ladi. Bandamning vazifasi kecha-kunduz Meni eslamoq, yod etib, zikr qilmoqdir. Xotiridan chiqarmaslikka, Meni unutmaslikka tinimsiz harakat etmoqdir».
Muso (a.s.) bu so‘zni eshitishlari bilan darhol sajdaga bordilar va dedilar: «Allohim! Sening barcha so‘zing Haq va haqiqatdir!»
Do'stlaringiz bilan baham: |