USTOZGA HURMAT
Ey, farzand!
Ustozga hurmat islom odoblaridandir. Ularga qo‘ldan kelganicha xizmat qilib, duolarini olish lozim.
Ustoz haqqi ota-ona haqqidan ham ko‘proq bo‘ladi. Chunki, ota-ona farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lsa, ustoz esa oxirat binosining tiklanishiga asosiy sababchidir.
Ustozga nisbatan cheksiz hurmat bilan muomalada bo‘lib, amrini so‘rash kerak. Xizmati bo‘lsa bajarish lozim. Ustozga nisbatan behad tavozuli, kamtarin munosabatda bo‘lish zarur. Ustoz bor joyda, ustoz izn bermaguncha o‘tirilmaydi, turib ketayotganda ehtirom ila kuzatib qo‘yiladi.
Hech bir dunyo ishi ustozga xizmat qilishning, uning amrini bajarishning, ehtiyojini qondirishning oldiga tusholmaydi. Ustoz yo‘qsil bo‘lib, faqirlanib qolsa, uning barcha ehtiyojlarini ta’min etish shogirdlarning zimmasiga tushadi.
Ota-ona kabi ustozning ham xayrli duosini olish, badduosiga munosib bo‘lib qolmaslik kerak. Ustozning xayrli duosini olgan odam yuksaladi. Duoi badga duchor bo‘lganlar hech qanday ishda muvaffaqiyat qozonolmaydi, xoru zabun bo‘ladi. Xudo saqlasin!
Do'stlaringiz bilan baham: |