Ushbu gapning kesimlari haqida to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) sodda ot kesim;
2) sodda fe’l kesim;
3) barcha gap bo‘laklarini kesimlar o‘ziga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) tobelantirgan;
4) kesimlar yasama so‘z bilan ifodalangan;
5) kesimlar tub so‘z bilan ifodalangan.
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4, 5
24. Ul na gumbazdir, eshig-u, tuynugidan yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindirib gumbazni, qizlar holidan olsam xabar,
Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
Ushbu chiston haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) ushbu chiston oddiy chistonlar turiga kiradi;
2) ushbu chiston majoziy chistonlar turiga kiradi;
3) chistonning qofiyalarini muqayyad qofiya deb atash mumkin;
4) chistonning qofiyalarini mutlaq qofiya deb atash mumkin.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4
25. Quyida berilgan qaysi gaplarda tire(lar) tushirib qoldirilgan?
1. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam o'qish, o'qiganda ham a'lo o'qish.
2. Rasadxona zimiston bo'lsa ham, Ali Qushchining o'tkir ko'zlari darrov ko'rdi poygakda bir kimsa gavdasi bilan eshikni to'sib, qaqqayib turardi.
3. Oltita bolani bag'riga olgan Mahkam aka shu.
4. Mingbuloq o'zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz.
A) 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 3
26. Xating1 aro uzoring– sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladagi g‘azola.
Bayt yor – mahbubaning go‘zalligini tasvirlashga bag‘ishlangan. Bunda shoir asosiy maqsad qilib yorning tashqi ko‘rinishi – yuzini chizishga harakat qiladi. Niyat yorning yuzini, ko‘zini va o‘zini tasvirlash. Labda bilinar-bilinmas mayda tukchalar bor. go‘yo keng daladagi o‘t-o‘lanlarga o‘xshaydi.
Ushbu parchada qaysi ijodkor g‘azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan?
A) Atoyi B) Furqat C) Bobur D) Lutfiy
27. Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom,
Oshkoro bo‘lmasa, sirri nihonni na qilay?!
Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A) tanosub, talmeh B) tazod, tardi aks
C) tashbeh, tazod D) tashbeh, husni ta’lil
28. Qaysi qatorda Said Ahmad hikoyalar to’plami berilmagan?
A) «Er yurak», B) «Farg‘ona hikoyalari»,
C) «Muhabbat» D) «Rahmat, azizlarim»
29. Qaysi qatorda A. Tvardovskiyning asari berilgan?
A) «Manfred» B) «Inson manzaralari»
C) «Dengiz xayoli» C) «Zaytun novdasi»
30. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek oldiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim edi?
A) Ali Qushchi B) Sulton Jondor C) Sakkokiy D) Qalandar Qarnoqiy