Evolyutsiya nazariyasi


Epigenez va preformizm oqimlari



Download 10,57 Mb.
bet23/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Epigenez va preformizm oqimlari
Preformizm nazariyasi jinsiy hujayralarda embrion taraqqiyoti uchun va hosil bo‘lishi uchun kerak bo‘lgan individ uchun zarur bo‘lgan moddalar va organlar oldindan tayyor holda bo‘ladi, deb tushuntiradi. Preformizm lotincha preformo-qayta yaratmoq degan ma’noni bildiradi.
XVII-asrda Anton Levechuk mikroskopda spermatazoidni kuzatadi. Preformistlar bundan o‘z ishlarida foydalandilar. 1694 yilda Golland olimi Gartseker spermatozoidni tayyor odam sifatida ta’rifladi. Golland olimi Svammerdam XVII-asrda hasharotlar metoformozini o‘rgandi va preformizmni yoqlab chiqdi. Preformistlar ham 2 guruhga bo‘linadi.
1. Ba’zi preformistlar tayyor organizmlar spermatozoidda bo‘ladi, deydilar. Bular anemalkulistlar deyiladi.
2. Ba’zilari tayyor organizmlar tuxum hujayrada bo‘ladi, deydilar. Bular ovistlar deyiladi.
XVII-asrga kelib performizm oqim tarafdorlari “joylanish nazariyasi”ni ishlab chiqdilar. Bu nazariyaga muvofiq, dastlabki urg‘ochi individlar avlodi “joylab” qo‘yiladi.
Shvetsariyalik tabiatshunoslik Sharl Bonne (1720-1793) o‘lik va tirik tabiatni o‘ziga birlashtirgan “mavjudotlar narvoni”ni tuzdi. Bunda anorganik olam organik olam bilan almashinadi. Bonne fikricha, har qanday sistematik kategoriya shartli bo‘lib, tabiatda faqat individlar bor, xolos. U ovistlar fikrini rivojlantirib, organik formalarning emrioni Xudo tomonidan tuxum hujayrada qavat-qavat qilib yaratilgan, degan fikrni aytadi. U “joylanish nazariyasi”ni isbotlash uchun o‘zi kuzatgan partenogenez hodisani misol sifatida ko‘rsatadi.
XVII-asrda yashagan nemis olimi Galler momo havo tuxumdonida 200 m. l-yardga yaqin embrion Xudo tomonidan joylashtirilganligini aytadi.
Epigenez nazariyasiga ko‘ra, embrion taraqqiyoti davrida organizmni tashkil etuvchi organlar va qismlar urug‘langan tuxumning strukturasiz massasida asta-sekinlik bilan paydo bo‘ladi. Epigenez grekcha epi-keyin, getsezis-tug‘ilish, kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.
Bu nazariyaning tarafdorlari va asoschilari U.Garvey (1578-1657), J.Byuffon (1707-1788), K.F.Volf (1733) 1794 va boshqalar qushlar va sut emizuvchilar tuxumdonda taraqqiy etadi. Unda tayyor organlar va organizmlar bo‘lmaydi, deb tushuntiradilar.
Epigenez nazariyasi biologiya fanlarining bundan keyingi tarqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki epigenez nazariyasi evolyutsion ta’limotning dastlabki etapi bosqichi hisoblanadi. Epigenez bilan preformizm oqimi tarafdorlari o‘rtasidagi munozara fan tarixida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bu munozaralar ko‘plab tadqiqotlar olib borish kerakligini taqazo etdi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish