1-bosqichga Amebosimon prokariot ichga mayda aerob bakterialar kirib, simbiotik yashashlaridan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Prokariotlar tashqaridan ozuqa qabul qilgan, bakteriya esa uni qayta ishlagan. (ximofotosintez) keyin ular o‘z mustaqiligini yo‘qotib mitoxonriyalarga aylangan. 2-bosqichda bu simbiotik prokariot xujayra uchiga spiroxetosimon bakiyeriya joylashib ular xam oldin simbioz usulda yashab, keyin o‘z mustsqiligini yo‘qotgan va kinetosomalar, va xivchinlarga aylangan. Shundan keyin sitoplazmada diffuz xolatida joylashgan DNK ning membrana bilan o‘ralib, sitoplazmadan aloxidalanishi natijasida, dastlabki eukariot bir xujayralilar hosil bo‘lgan, keyinchalik ularning evolyutsion taraqqiyoti natijasida zambrug‘lar va hayvonlar kelib chiqqan. Yuqorida aytilgan tuzilishiga ega bo‘lgan eukariot hujayralarning rivojlanishini 3-босқичида ularning ichiga sianabakteriyalar kirib simbioz yashagan. So‘ngra o‘lar o‘z mustaqiligini yo‘qotib, plastidalarga aylanishi tufayli dastlabki eukariot o‘simlik hujayralari paydo bo‘lgan. Ulardan keyin takamilashish tufayli boshqa o‘simlik kelib chiqqan. Olimlarning fikricha, bioximiyaviy jarayonlarning borishi uchun sianobakteriyalar anaerob va aerob organizmlar orasida joylashgan.
Dastlabki eukariot hujayralar taxminan 15-14 mln yil oldin paydo bo‘lgan. Bu davrda kelib xavoda kislorod ko‘pligi tufayli eukariotlar aerob sharoitga tez moslashgan. Eukariotlarning turli tuman turlari 1 mlyard yil ilgari paydo bo‘lgan. Eukariot organizmlarning keyingi 400 mln yil davomidagi taraqqiyotidan keyin ko‘p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Ular quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan:
1. Dastlabki tirik xujayralar mayda yumaloq anaerob xolida bo‘lgan va abiogen yo‘l bilan xosil qilingan. Organik moddalarning bijg‘ishishi tufayli ajralib chiqqan energya xisobiga yashagan.
2. Tayyor ozuqaning kamayishi natijasida fotoxemosintez qiluvchi organizmlar xosil bo‘lgan. Agar fotosintez bo‘lsa unda anaerob usulda ro‘y bergan .Atmosferadan yerga tushgan ul’trakislorod ajratgan, lekin 100mln yil davomida kislorod okeandagi temir bilan reaksiyaga kirishib, atmosferaga kislorod to‘planmagan.
3. Okeandan temir va boshqa metallar ajralgandan keyin,atmosferada kislorod to‘planib, xozirgi darajaga yetgan. Bu bioligik evoyutsiyaga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko‘chib fotosintez uchun qulay joylarni sianobakteriyalar tanlagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi organizmlar (ozotbakteriyalar)xam anaerob xayot sharoitiga o‘tgan yoki geterotsista xosil qilib ximoyalagan. Atmosferada azonni (O3 ) xayot uchun xafvli ul’trabinafsha nurlarini yerga yetkazmagan.
4. Atmosfera kislorod ko‘payishi tufayli u bilan nafas oluvchi xujayralar rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo‘lgan.
Nixoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot hujayrali formalar paydo bo‘lgan va ular to‘liq aerob muxitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy yo‘l bilan ko‘payishning paydo bo‘lishi ularning xilma-xil bulishiga va takomilashuviga imkoniyat bergan. Jinssiz ko‘payish esa koatservat tomchilardan boshlangan va u jinsiy ko‘payishga qaraganda qadimydir.Sodda hayvonlarning qaysi bir gruppasi dastlab paydo bo‘lgan? Degan savolga javob berishda olimlar ikki gruppaga bo‘linadi.
1. 1914-yilda Pasher degan olim shu masalaga bag‘ishlangan o‘z fikrlarini bayon qilgan. Uning fikricha, sodda hayvonlarning kelib chiqishida, bosh masala ovqatlanish bo‘lgan. Yerda dastlab xavchinlilar paydo bo‘lgan.Ularning organizmida fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Fotosintez natijasida tayyorlangan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bu avtotraf yo‘li bilan oziqlanish deb ataladi. Ularni yorug‘likka tushib qolganlaridan o‘simliklar, qorong‘ulikda tushib qolganlaridan esa hayvonot dunyosi kelib chiqqan, deb taxmin qiladi.
2. Organik olam oddiydan murakkabga qarab borishini hisobga olsak xivchinlilar sarkardalilarga nissbatan murakkab tuzilgan (xloroplastlari, po‘sti, fotosintez yuli bilan oziqlanishi ). Ana shularga asoslanib, akad. A.N Oparin o‘z nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, sodda xayvonlar orasida eng primitv tuzilishiga ega bo‘lgan xayvon-bu sarkodalilar bo‘lib, ular koatservat tomchilari kabi, ma’lum shaklga ega emas, xivchinlilardan sporalilar, infuzoriyalar kelib chiqqan. Xulosa qilib aytganda xar xil fikrlar bor.
1. Bir gruppa olimlarning fikricha, xujayrali xayvonlar bir xujayrali xayvonlarning, aniqrog‘i xivchinlilarning kolonniya bo‘lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan. Bu isbot talab etilmaydigan aksioma, deb aytilmoqda. Bu qanday yul bilan borishi to‘g‘risida bir nechta nazariyalar bor (E.Gekkel, I .I Mechnikov,A.A Zaxvatkin nazariyalari).
2. Organik olam oddiydan murakkabga qarab borar ekan, ko‘p xujayrali hayvonlar infuzoriyalardan kelib chiqqan. Yugoslav olimi I.Xadji infuzoriyalar bilan turbelyariyalar o‘rtasida o‘zaro o‘xshashliklarni topib, ana shunday xulosaga kelgan. Kovakichlilar uch qavvatli hayvon hisoblanadi., mezogliyasida ham hujayralar bor, deydi.
3. 1924 yilda rus olimi I.I.Mesyatsev infuzoriyalar yassi chuvalchanglar tipining turbelyariyalar sinfini ichaksizlar (Acoela) turkumi vakillarining xujayra oraliqlarini yo‘qolib ketishi va yadrolarini qo‘shilib ketishi tufayli xosil bo‘lgan. 1939 yilda rus olimi V.V.Shuleykin va boshqalar organizm qancha kichik bo‘lsa kipriklar bilan, qancha katta bo‘lsa muskul bilan xarakatlanishi qulayligini aniqladilar. Muskul evolyutsiya jarayonida keyinchalik yo‘qlab chiqqan. Demak, turbelyariyalar evolyutsiya jarayonida infuzoriyalardan keyin paydo bo‘lgan.
A.A.Paromonovning fikricha infuzoriyalar yuqori darajada tuzilgani bilan ular evolyutsiyaning tupigini paydo qiladi va ulardan boshqa hayvonlar kelib chiqmagan.
Bitta hujayraning nixoyatda murakkab tuzilishi unda boshqa xujayra xosil bo‘lishi yoki bo‘lmasligini inkor etadi. Ba’zi olimlarning fikricha, sarkodalilar va xifchinlilar, sodda hayvonlarning alohida-alohida shaxobchalarini tashkil etadi, ular o‘zlaridan oldin yashagan hayvonlardan kelib chiqqan.
Umuman qanday yo‘l bilan paydo bo‘lganligidan qatiy nazar, yerda dastlab paydo bo‘lgan ko‘p xujayrali hayvon-bu plastinkasimonlar-trixoplakslar xisoblanadi. Ular ham ma’lum shaklga ega emas. Oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Trixoplakslardan bulutlar kelib chiqqan. Bulutlarda xujayralar to‘qima darajasida shakllanmagan. Uning xujayralari-xoanotsitlari xivchinlarga o‘xshaydi. Kovakichlilar bulutlarga bog‘liq bo‘lmagan xolda paydo bo‘lgan va tariqqiy etgan. Chunki kovakichlilar erkin yashagan va gastral bo‘shliq orqali ko‘plab ozuqa qabul qilgan. Paypaslagichlari va otiluvchi xujayralari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Nerv va sezgi organlari taraqiy etgan. Radial simmetriyaning bo‘lishi va mezodermaning yo‘qligi ularning harakatini pasaytiradi. Chunki ularda muskul yo‘q.
Xulosa qilib aytganda, ko‘p xujayralilar sodda hayvonlardan kelib chiqqan. Ammo bu muammo o‘rganilishi va yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |