Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet52/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

14-15-semenar mashg’ulot
Mavzu: Yashash uchun kurash organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligi.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga yashash uchun kurash organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligi haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: yashash uchun kurash organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning yashash uchun kurash organizmlarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatlaridan iborat jarayon ekanligi haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarning slaydini ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.

  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.

Yangi mavzuning rejasi:
1.Tabiiy sharoitdagi o’simlik va hayvonlardagi shaxsiy o’zgaruvchanlik.
2.Yashash uchun kurash va uning turlari.
Xar kim xar kimga o’rgatadi” usuli uchun ekspert varag’i
1-Qator uchun topshiriq


2-Qator uchun topshiriq


3 -Qator uchun topshiriq
Mavzu mazmuni: Darvin «yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy ma’noda ishlatadi va uning zaminida rivojlanayotgan organizm tashqi muhitning tabiiy omillariga va boshqa tirik mavjudotlarga bog‘liq bo‘lishini, shuningdek, individlaming o‘zini nasi bilan ta’minlashdagi muvaffaqiyatini tushunadi.Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri aniq sharoitda yashash uchun kurash holida namoyon bo‘ladi. Ba’zi hayvonlar (mayda yirtqichlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar) boshqa yirik hayvonlarga o‘lja bo'ladi. Binobarin, ulardan har birining hayoti o‘z dushmanlariga bog'liq. Ikkinchi tomondan, ularning hammasi oziq manbaiga ham qaramdir. Yirtqich hayvonlar (yirtqich sutemizuvchilar, hasharotxo'r va yirtqich qushlar, •ko‘pgina baliqlar, hasharotlar) soni ulami oziqlantiruvchi manbaga, ya’ni har xil yo‘Har va vositalar bilan ta’qib qilinadigan g‘animlarga, g‘animlarning hayoti esa o ‘z navbatida ularni ta’qib qiluvchi dushmanlarga uzviy bog‘liqdir. Yashash uchun kurashning yashirin formasi bir turga mansub organizmlarda keskin namoyon bo‘ladi. Darvin bir turga mansub individlar o'rtasidagi yashash uchun kurash, ayniqsa, keskin bo'lishini bug‘doy, xushbo‘y no‘xat, tog‘ qo'ylari, tibbiyot zulugi, har xil kaptar, to‘ng‘izlar, AQShdagi bo‘rining ikki tur xili, tukli olxo‘ri, shaftolida ko‘rsatdi. Sis­tematik jihatdan bir-biridan uzoq guruhlarda u ahyon-ahyon da, bir avlodga mansub turlar orasida yashash uchun kurash tez-tez ro‘y beradi. Yashash uchun kurashni organizmlarning sistematik o‘rni emas, balki ekologik yaqinligi belgilaydi.Tabiiy sharoitda tarqalgan organizmlarda ham individual farqlar uchraganligi uchun tur xili va turga mansub mavjudotlar o‘zaro aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Shu sababli birorta hayvonning nobud bo£lishi, ikkinchisining barhayot bolishi tasodifiy hodisa emas. Odatda, mukammai himoya vositalariga, masalan, yaxshi eshitish organiga, himoya rangi, dushmanlardan yashirinish instinktiga ega bo‘lgan organizmlar noqulay sharoitdan saqlanib, nasi qoldiradi. Bunday vositalarga ega bo'lmagan organizmlar esa nobud bo‘ladi.Hayvonlar va o‘simliklar o‘rtasidagi yashash uchun kurash individual rivojlanishning turli bosqichlarida: o‘simliklarda urug‘, o‘simta va voyaga yetgan davrda, hayvonlarda tuxum, lichinka va voyaga yetgan organizm davrida ro‘y beradi.«Yashash uchun kurash» birinchidan, yirtqichlar o‘rtasida g‘animlarni egallash uchun bo‘ladigan ayovsiz kurash — hu- jum; ikkinchidan, organizmlarning abiotik sharoitga qaramligi yoki stixiyaga qarshi kurashi; uchinchidan, bir xil o‘simliklaming o‘sishi va rivojlanishi uchun ko‘proq joy egallashga oid passiv formadagi hayot poygasi; to'rtinchidan, parazit organizmlarning o‘z xo‘jayiniga qaramligi; beshinchidan, bir turga mansub organizmlar o'rtasidagi hayot poygasi; oltinchidan, har xil turlarga mansub organizmlarning bir xil sharoitga bog‘liqligi zaminida vujudga keladigan passiv hayot poygasidan iborat, Darvin mulohazasiga ko‘ra, organizmlaming tez urchishi yashash uchun kurash sababchisidir. Lekin organizmlarning ko‘p yoki oz nasi berishi turga kiruvchi organizmlar o‘rtacha miqdorini belgilashga asos bo'lolmaydi. Darvin uqtirishicha qondor 2 ta, tuyaqush 20 ta tuxum qo‘yadi. Shunga qaramay, o‘z joyida qondor miqdor jihatdan ko‘p qushdir. Bo‘ron qushi atigi bitta tuxum qo‘ysa ham, u miqdor jihatdan yer yuzidagi eng ko‘p qushlar qatoriga kiradi. Xulosa qilib aytganda, biror turga mansub organizmlarning soni qoldirilgan nasi soniga emas, balki u rivojlanadigan muhitning biotik va abiotik omillariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda turga mansub organizmlar soni qoldirilgan nasi soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi.Chunki qoldirilgan naslning faqat oz qismi voyaga yetib, ko'pchiligi individual rivojlanishning dastlabki davrlarida nobud bo‘Iadi. Faqat oziq resurslari yetarli, dushmanlari kam bo‘lgandagina ko‘p nasi qoldiruvchi turlaiga mansub organizmlar qisqa vaqt ichida son jihatdan tez ko‘paya oladi. Shira, tuban qisqichbaqasimonlar, chigirtkalar va boshqalarning ba’zi vaqtda juda ko‘payib ketishi bunga yaqqol misol bo'ladi. Boshqa vaqtlarda esa ko‘p tuxum qo‘yadigan organizm turlari ko‘p!ab qirilib ketadi. Odatda, tuxumi, embrioni va lichinkalari himoya qilish vositalariga ega turlargina urchiganda kam tuxum qo‘yadi, urug‘ qoldiradi. Qaysi tur organizmlari tez va ko‘p qirilsa, ular shuncha tez tiklanadi. Umuman olganda, hayvonlarda ko‘p tuxum, o'simliklarda ko‘p urug‘ qoldirish muhim biologik moslanish bo‘iib, u tarixiy jarayonda turni saqlashga qaratilgan moslanishlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, tabiatda har qanday organizmning hayoti boshqa organizmlarda, muhit sharoitiga bog'liqligi ko'zga tashlanib turadi. Organizmlarning muhitga bog‘liqligi ikki xil ko‘rinishdan iborat. Ulardan biri organizmlarning abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashi, ikkinchisi, bir organizmning boshqa organizm faoliyatiga bog'liqligidir. Organizmlar orasidagi hayot poygasi ham o‘z navbatida ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ular bir turga yoki har xil turga mansub organizmlar o ‘rtasida yuz beradigan hayot poygasidir. Bayon etilganlardan tashqari, organizmlar o‘rtasidagi oshkora kurash ham tabiatda uchraydigan hodisalardan biridir. Bunday kurash ba’zan bir turga mansub, ba’zan har xil turga mansub organizmlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Darvin o‘z ta’limotida «yashash uchun kurash» organizmlarning haddan ziyod ko'payishi natijasidir, deb e’tirof qiladi.Agar har bir organizm qoldirgan naslning hammasi ya­shab qolgudek bo‘lsa, u holda, har birining nasli tezda yer yuzini qoplab olgan bo'lur edi. Darvin uqtirishicha, fil butun hayoti davomida atigi 6 ta bola tug‘adi. Ularning normal rivojlanishga hech qanday to siq yo‘q, deb faraz qilsak, bir juft filning nasli 740—750 yildan so'ng 19 milliontaga yetishi mumkin. К. A. Timiryazev fikricha, agar bitta qoqio‘t 100 dona urug‘ hosil qildi, deb taxmin qilsak, uning nasli urchiyotganda hech qanday qarshilikka uchramagan taqdirda 10 avloddan keyin yer yuzidagi quruqlikka qaraganda 15 marta ortiq maydonga tarqalishi mumkin edi.Aslini olganda, har bir organizmning cheksiz ko‘payishi mkoniyatlarichegaralangan. Uning ko‘payishiga o‘lik tabiat- ning noqulay sharoiti, boshqa organizmlar qarshilik ko‘rsatadi. Shunga qaramay, Darvin «yashash uchun kurash» g‘oyasini ilgari surganda, Maltus kitobi bilan tanishgan. Darvin Maltus ta’limotini quwatlagan, degan xulosaga kelish yaramaydi. Maltus «Aholining ko‘payishi» asarida burjua jamiyatidagi tengsizlik, ekspluatatsiyani niqoblash maqsadida odamlar geometrik progressiya yo‘li bilan, hayot vositalari, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo arifmetik progressiya asosida ko‘payadi, shunga ko‘ra, jamiyatda yashaydigan kishilarni oziq, kiyim-kechak bilan to‘liq ta’minlab bo'lmaydi va ko‘pchilik qashshoqlikda yashaydi, chunki bu tabiat qonuni, degan soxta nazariyani tashviqot qilgan bolsa, Darvin organizmlarning ko‘payishi ustida gapirib, o‘simliklar va hayvonlar geometrik progressiya asosida ko‘payadi, degan fikrni bildirdi.



Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish