1. Evolyutsion nazariyasi faniga kirish
Evolyutsiya nazariyasi fani organik olamning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va uni idora etishning umumiy qonuniyalarini o‘rgatadigan fandir. Evolyutsiya nazariyasi haqiqiy ilmiy evolyutsion ta’limotdir. Evolyutsiya tarixiy taraqqiyot bo‘lib, qaytarilmaydigan jarayondir. Evolyutsiya tabiatdagi turli o‘lik va tirik tabiatga xosdir. Masalan, astronomiyada planetalar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik dunyo evolyutsiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Evolyutsiya so‘zi lotincha-evolutio-ya’ni boshlagan jarayonning o‘sishi, yoyilishi, kengayishi, tarqalishi kabi ma’noni bildiradi. Bu terminni birinchi marta Shvetsariyalik olim Sh. Bonne (1720-1793) 1762 yilda fanga kiritilgan va embriologiya masalalari uchun qo‘llangan. Biologik evolyutsiya tirik tabiatning tarixiy taraqqiyoti bo‘lib, buning natijasida populyatsiyalarning (tur) genetik tarkibi, moslanish (adaptatsiya)ning shakllanishi, turlar vujudga kelishi va qirilib ketishi, biogeotsenoz va biosferaning bir butun holda o‘zgarish jarayonlari ro‘y beradi.
Zoologiyada hayvonni tuzilishi, ko‘payishi, biologiyasi, sistemasi o‘rganiladi. Botanikada o‘simlikning tuzilishi, ko‘payishi, biologiyasi, sistemasini o‘rganiladi.
Ammo bu fanlarni o‘rganish jarayonida hozir fanda ma’lum bo‘lgan 2,5 mln. tur hayvon, 500.000 tur o‘simlik, 100.00 tur mikroorganizm, qirilib ketgan 7 mln. tur hayvon, 3.000.000 tur o‘simlikni kelib chiqishi va taraqqiyoti, ya’ni evolyutsiyasi xaqida bir butun fikr yuritilmaydi. Bu muammo evolyutsiya nazariyasi fanining vazifasi hisoblanadi.
2. Evolyutsiya nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Evolyutsiya nazariyasi biologiya fanlarining falsafasi, matematikasi hisoblanadi. Bu fan biologiyaning boshqa sohalari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni o‘rganadigan fandir. Shunga ko‘ra, evolyutsiya nazariyasi barcha botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya, sitologiya, genetika seleksiya, bioximiya, biofizika. Paleontologiya, biogeografiya, entomologiya, Chorvachilik, o‘simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va boshqa biologiya fanlari bilan bog‘liqdir. Evolyutsiya nazariyasining bu fanlar bilan bog‘liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan evolyutsiya nazariyasi xususiy biologiya fanlarida to‘plagan dalillarini hulosalab, umumbiologik qonuniyatlarni yaratadi.
Ikkinchi tomondan bu umumbiologik qonuniyatlar biologiyaning boshqa sohalari uchun nazariy asos hisoblanadi. K.A.Temiryazov o‘simliklar bilan hayvonlarning hayoti to‘g‘risidagi fanlar faqat evolyutsiya nazariya asosida ijobiy rivojlanish mumkin, degan edi.
I.I.Mechnikov shamollash protsesi va immunitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtai nazaridan yondashilganda to‘g‘ri hal etilish mumkin, degan edi. Biroq boshqa biologiya fanlarida to‘plangan ma’lumotlar evolyutsiya nazariyasining kelgusi taraqqiyotini to‘liq ta’minlay olmaydi. Chunki bu dalillar uzuq-yuluqdir va materiallarni bir tomonlama talqin qiladi. M: zoologiya hayvonni tuzilishi, ko‘payishi va boshqa sohalarini o‘rganadi. Ularning kelib chiqishi va butun evolyutsiyasini ana shu dalillar asosiy sintez qilgan holda evolyutsiya nazariyasi o‘rganadi. Shuning uchun ham evolyutsiya nazariyasi biologiya fanlarining metodologik asosi, matematikasi hisoblanadi.
Keyingi paytlarda darvinizm nomini o‘zgartirib “evolyutsion ta’minot” yoki “evolyutsiya nazariyasi” deb atash kerak, degan fikrlar aytilmoqda. Har uchala holatda ham munozara faqat terminni qo‘llash ustida bormoqda. Chunki mazmuni, o‘rganilayotgan mavzu bir narsa-organik olamning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyoti masalasidir.
Organizmlarning turli-tumanligi va moslanish sabablarini tushuntirishda idealistik va materialistik oqim tarafdorlari o‘rtasida ko‘p asrlar davomida keskin kurash davom etmoqda. Idealistik oqim tarafdorlari ruh (ong) birlamchi, materiya (borliq) ikkilamchi, deb tushuntiradilar. Shunga ko‘ra, fan va praktikaga asoslanib tabiat qonunlarini bilib bo‘lmaydi, bu qonunlar faqat xudoga ma’lum, deydilar.
Materialistik oqim tarafdorlari esa buning aksini tushuntiradi. Bu oqimlar o‘rtasida keskin kurash ko‘pchilik hollarda idealistlar foydasiga hal bo‘lib kelgan.
Biologik tadqiqotlarni keng ko‘lamda olib borilishi va boshqa tabiyot fanlardagi yutuqlar dialektik materializmning falsafiy asosi sifatida juda katta rol o‘ynaydi. Evolyutsiya nazariyasi fanida organik dunyoning rivojlanishi qonunlari-ilmiy mafkuraning biologik asoslarini ochib beradi. Bu asoslar o‘simliklar. Hayvonlar va odamlar xudo tomonidan yaratilgan. Tabiatdagi butun borliq o‘zgarmas, degan diniy taassurotlarni rad etadi. Bu kabi ilmiy ma’lumotlarga asoslangan fikrlar evolyutsiya nazariyasi fanining yuzaga kelishi bilan to‘la asosga ega bo‘la boshladi. Bungacha yaratilgan bu sohadagi nazariyalar turli xil kamchiliklardan holi emas edi. Shuning uchun ham diniy nazariyalar tarafdorlari ilmiy nazariyaga ishonmaslik to‘g‘risida propaganda ishlari olib borar edilar. Ch.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” nomli asarini 1859 yilda bosmadan chiqishi tabiatshunoslik fanlari sohasida revolyutsiya bo‘ldi. Shuning uchun ham bu fan uning sharafiga uzoq yillar “darvinizm” deb atalib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |