III. Xulosa
Hozirgi vaqtda evolyutsion biologiya zamonaviy evolyutsion sintezda noto'g'ri tushuntirilgan hodisalarni aniqlashtirishga intilmoqda. Masalan, jinsiy reproduktsiya evolyutsiyasida, qarishda, spetsifikatsiyada, shuningdek evolyutsiya qobiliyatida. Ular moslashish va spetsifikatsiya kabi evolyutsion hodisalarning me'morchiligini aniqlash uchun genetik sohada ham qo'llanilmoqda.
Ushbu fanning hissalari organizm ekologiyasi, hayot tarixi nazariyasi, molekulyar bilimlar, genom bo'yicha tadqiqotlar, shuningdek paleobiologiya, sistematika, sog'liq va filogenetik sohalarida muhim ahamiyatga ega.
Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitning o’zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni ortsa; 2) ular ishg’ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo’lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologic progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, tanasining bir muncha yirikligi, tajavuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g’olibkelib, son jihatdan tobora ko’paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib, uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.
A. N. Sevresov va I.I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqladilar.
Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo’lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish – aromofoz deb omlanadi. Ikkinchi usulda organism hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o’zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydu, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o’zgarishi natijasida biologik progressga yo’liqqan bo’ladi.
Biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |