Evolutsiyani isbotlash



Download 2,18 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi2,18 Mb.
#768706
Bog'liq
EVOLUTSIYANI


EVOLUTSIYANI ISBOTLASH.
Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o'simliklar olami murakkabligi jixatidan bir xil emas. Ba'zi qit'alarda tuzilishi va funksiyasi bo'yicha nisbatan oddiy, boshqalarida esa o'ta murakkab hayvonlar va o'sim­liklar tarqalgan. Hayvon va o'simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta bio-geografik viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemi­zuvchilar, qushlar, ochiq urug'li, yopiq urug'li o'sim­liklar, qisman sudralib yuruvcrnlar, suvda va quruq-likdagi yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o'simliklarning tarqalishini asos qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e'tirof etilgan Avstraliya, Neotropik, Hindomalay, Xabashiston, Neoarktik, Polearktik biogeografik viloyatlarnnig hayvonot va o'simliklari bilan tanishamiz.
Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya^ Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda boshqa bio-^ geografik viloyatlarda uchrkmaydigan sutemizuvchilar sinfining tuban vakillari tuxum qo'yib ko'payuvchi — o'rdakburun, yexidna, qopchiqli hayvonlardan kengu-ru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo'ri, qopchiqli ayiq tarqalgan (34-rasm).
Yo'ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, ko'rshapalaklar, dingo itidan iborat bo'lib, keyingi ikki hayvon turi o'zga qit'alardan o'tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang-barang. Jannat qushlari, xasha-ki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi, tuyaqushlardan yirik gavdali emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilardan u tuzilishi jixatidan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o'xshash bo'lgan. O'rmonlarda evkaliptlar, janubiy qora qayin, daraxtsi-mon paporotniklarni ko'rish mumkin.
Neotropik biogeografik viloyat. Janubiy va Markaziy Amerika hamda Meksikaning tropik qismi, Karib arxi-

pelagidan iborat. Mazkur viloyatda sutemizuvchilardan gajak dumli maymun, gajak dumli ayiq, pampas mushu-gi, skuns, dengiz cho'chqasi, janubiy Amerika tulkisi, tuban vakillardan opossum, zirxlilar, chumolixo'r, yalqov, qushlardan eng kichik qush kalibralar, yapaloq qush, tasqaralar, tuyaqush, nandu, sudralib yuruvchi-lardan alligatorlar, kaltakesak — iguan, daraxtda yashovchi ilonlar uchraydi (35-rasm).


Hindomalay biogeografik viloyati. Hindiston, Hinduxitoy, Seylon, Yava, Sumatra, Tayvan, Fillipin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda o'rmon-lar juda ko'p. Faqat Hindistonning g'arbiy qismi cho'l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida odamsimon may­mun—orangutan, gibbon, chala maymunlar—tupay-lar, keng tovonlilar, hind fili, yo'lbarsi, bambuk ayig'i, bug'ular, antilopalar, tapir, nasoroglar, qushlardan yowoyi bankiv tovuqlari, qirg'ovullar, to'tilar, tovus-lar, sudralib yuruvchilardan — zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko'zga tashlanadi. O'rmon-larda bambuk, banan, qora daraxtlar o'sadi.
Xabashiston biogeografik viloyati Afrikaning Markaziy, Janubiy qismini, Madagaskarni egallagan. Bu viloyatning o'ziga xos hayvonot dunyosi — odam­simon maymunlari — gorilla, shimpanze, martishka, lemur, arslon, fil, begemot, oq va qora ikki shoxli nosoroglar, jirafa, zebra, giyena itlari bo'lib, ularning aksariyati boshqa biogeografik vilotlarda uchramaydi. Afrika tuyaqushlari, kotib qushlar, to'tilar, sezarkalar, nektar yig'uvchilar, sudralib yuruvchilardan — Afrika timsoxi, echkiemar, kaltakesak, agama, xameleonlar keng tarqalgan. Afrikaning g'arbiy va tog'li joylari tropik o'rmonlar, qolgan qismi esa savannalardan iborat. Ularda baobab, qizil daraxt, palma, akatsiya, paporotnik va daraxtlarda o'suvchi o'srmliklar — epi-fitlar keng o'rin olgan (36-rasm).
Paleoarktik biogeografik viloyati butun Yevropa, Osiyoning Shimoliy, Markaziy qismini, Afrikaning Shimoliy qismini egallagan. Nihoyatda katta hududga ega bo'lishiga qaramay, bu viloyatda utemizuvchi

hayvonlarning boshqa viloyatlarda uchramaydigan birorta ham turkumi yo'q. Bu viloyatda tuyoqli hayvonlardan — ot, saygak, yelik, kabarga, tog' ech-kisi, los, yowoyi qo'y, ikki o'rkachli tuya, tog' kiyigi, yirtqichlardan qo'ng'ir ayiq, bo'ri, tulki, qunduz, ha-sharotxo'rlardan — vixuxol, qalqanotlilardan — ko'rshapalaklar, qushlardan — tog' ulari, kar, tus-tovuq, chittaklar uchraydi.
O'simliklardan ninabarglilar — archalar, pixta, qora qarag'ay, qarag'ay, yopiq urug'lilardan eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy, sho'raguldosh, butagul-dosh, soyavonguldosh, murakkabguldosh, g'allagul-doshlarga kiruvchi ko'plab o't o'simliklar o'sadi.
Neoarktik biogeografik viloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Bermud va Amut orollari kira-di. Neoarktik biogeografik viloyatining o'ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog' echkisi, ilvirs, muskusli qo'y, badbo'y kaltadum, yonot, daraxt jayralarini kiritsa bo'ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko'p jixatdan paleoarktikanikiga o'xshash, Har ikki viloyatda ham qunduz, bug'u, los, tulki, suvsar, oq ayiq, oq* sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko'rish mumkin.
Evropa zubrasi Shimoliy Amerikadagi bizonga, Sibir bug'usi — maral Amerika bug'usi — vapitaga, Yevropa yowoyi qo'yi — muflon Amerika tog' qo'yiga ko'p jixatdan o'xshashdir. O'simliklari ham paleoarktik biogeografik viloyat o'simliklarini eslatadi. O'rmonlarda pixta, qoraqarag'ay, boshqa ninabargli o'simliklar, yopiq urug'lilardan eman buk, zarang va boshqa oilalarga mansub o't o'simliklar tarqalgan.
ABU ALI IBN SINO NOMLI TIBBIYOT KOLLEJI
PROFILAKTIKA YO`NALISHI 141-GURUH



MAVZU: EVOLYUTSION JARAYONLARNING TURLI YO`NALISHLARI


BAJARDI: TOSHPO`LATOVA D.
TEKSHIRDI: ___________________
Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish