Neorktik biogeografik viloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Bermud va Amut orollari kiradi.
Neoarktik biogeografik viloyatining o'ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog' echkisi, ilvirs, muskusli qo'y, badbo'y kaltadum, yonot, daraxt jayralarini kiritsa bo'ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko'p tomondan paleoarktikanikiga o'xshash. Har ikki viloyatda ham qunduzlar, bug'ular, loslar, tuikiiar, susariar, oq ayiqlar, oq sichqonlar, oq tovushqonlar, yumronqoziqlar, silovsinlarni ko'rish mumkin.
Yevropa zubrasi, Shimoliy Amerikadagi bizonga, sibir bug'isi — maral Amerika bug'usi — vapitaga, Yevropa yowoyi qo'yi — muflan Amerika tog' qo'yiga ko'p jihat-dan o'xshashdir. O'simliklari ham paleoarktik biogeografik viloyat o'simliklarini eslata-di. O'rmonlarda pixta, qoraqarag'ay, boshqa ninabargli o'simliklar, yopiq urug'lilardan eman, buk, zarang va boshqa turli oilalarga mansub o't o'simliklar tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |