O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
EUTT FAKULTETI
181 - Guruh TALABASI
Avtotransport korxonalarini loyihalash va jihozlash fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI
Bajardi : Kayirbayeva Xurliman
Qabul qildi: Yuldasheva Muhayyo
Urganch - 2022
Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasi rivojlanishining shakli va yo'llari
Reja:
1.Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazasi.
2. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash tartibi
ICHTB ning asosiy vazifasi eng kam moddiy mablag‘ va mehnat sarflagan holda avtomobillarning texnik tayyorligini talab darajasida ta’minlashdan iborat.
ICHTB iga quyidagilar kiradi:
- imoratlar (ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy, avtomobillar saqlanadigan yopiq binolar, omborxona va boshqalar)
- inshootlar (jihozlangan ochiq saqlash joylari, korxonadagi yО‘llar, yoqilg‘i saqlash va quyish shahobchalari, suv saqlagichlar),
- kommunikatsiyalar (elektr va aloqa tarmoqlari va boshqalar),
- jihozlar va qurilmalar (ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari jihozlari va boshqalar),
- har xil asboblar va boshqalar (asboblar, О‘lchov va hisoblash texnikasi va boshqalar).
ATK larning asosiy ishlab chiqarish fondini avtomobillar sotib olishga va ICHTBni yaratishga sarflangan mablag‘ tashkil etadi. Ularning nisbati xozirgi kunda 60% (avtomobillar narxi) va 40 % (ICHB sarfi)ni tashkil etadi.
ATK ICHBning quyidagi kamchiliklarini keltirish mumkin:
- qurilgan ATKlar yangi avtomobillar parametrlariga tО‘g‘ri kelmasligi mumkin;
- gaz balonli avtomobillarni ishlatish talablarga javob bermaydi;
- texnologik jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi yetarli emas;
- ilmiy-texnik yangiliklar texnik xizmat va joriy ta’mir (TX va JT) jarayoniga yetarlicha tadbiq etilmagan (mexanizatsiya va avtomatlashtirish, tashxislash);
- ishlab chiqarishni boshqarish, ishchi О‘rinlarini va ishlab chiqarish ishchilari mehnatini tashkil qilish past saviyada;
- ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy xizmat kО‘rsatish yetarli emas (xonalar issiq, nam, chang);
- ishlab chiqarish atrof-muhitga salbiy ta’sir etadi (havo tozalagich va suv tindirgichlar yomon ishlaydi);
ATK ICHTBning rivoji yangi qurish va mavjud korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlash orqali amalga oshiriladi.
Loyiha asosida yangi maydonda korxona barpo qilinishi yangi qurilish hisoblanadi.
Mavjud ATKning filiali qurilishi, TX va JT uchun mavjud bino va inshootlarning kengaytirilishi yoki yangi qurilishi, shuningdek mavjud binoga qО‘shimcha xonalar qО‘shib qurilishi korxonani kengaytirish deyiladi.
Mavjud asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy va texnik bino va inshootlarning eskirgani yoki talabga javob bermagani uchun qisman buzilib, О‘rniga takomillashgan yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish, yangi rusumli avtomobillarga TXK va JT, hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki qО‘shilishi qayta qurilish deb ataladi.
Ilg‘or texnologik jarayonlarni, jihozlarni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish majmuasi vositalarini, elektron-hisoblash texnikalarini tadbiq etish natijasida ICHTNning samaradorligini oshirish-korxonani texnik qayta jihozlash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |